У нас есть только
оригинальные песни

Emomali Rahmon Sherali Jo‘rayevga Tojikiston xalq artisti unvonini berdi

calendar 30.08.2018
939

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekistonning bir guruh davlat arboblari, ilm-fan, ta’lim va san’at vakillariga davlat mukofotlarini topshirdi.

Bugun Dushanbe shahrida taqdirlash marosimi tashkil etilib, unga O‘zbekistonning taqdirlangan barcha fuqarolari taklif etilishdi va ular shaxsan prezidentning o‘zidan mukofotni qabul qilib olishdi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, marosimda Sherali Jo‘rayevga madaniy aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari uchun Tojikiston xalq artisti unvoni berildi. Shuningdek, «Ustoz-shogird maktabi» o‘zbek milliy maqom san’ati bo‘limi xodimi Mavluda Xalilovaga ham shunday yuksak unvon topshirilgan.

Яндекс.Метрика