У нас есть только
оригинальные песни

ENDI SIZDAN KETIB QOLAMAN

calendar 03.11.2012
2792

ENDI JONIM SIZDAN KETIB QOLAMAN...

Ko'nglim qoldi sizdan emas hayotdan.
Muhabbatning dardi yolg'on bayotdan.
Ko'zimda yosh ko'nglimdagi faryoddan.
Endi jonim sizdan ketib qolaman.

Men sog'indim dedim sog'inmadingiz.
Men og'rindim dedim og'rinmadingiz.
Sizni menday sevolmaydi boshqangiz.
Endi jonim sizdan ketib qolaman.

Oh men sevdim qanday sevdim ozmidi?
Yurak yonar yurak kuyar yozmidi. 
Meni aldab yurganingiz rostmidi?
Xayr jonim sizdan ketib qolaman.

Yo'qmi endi sizga meni keragim.
O'ksinganda og'rib ketar yuragim.
Men yiqildim tiramadi kuragim.
Endi jonim sizdan ketib qolaman.

Mayli mening ortlarimdan oting tosh.
Bevafo deb ko'zingizdan to'kib yosh.
Endi men ham bag'ritoshga toshman tosh.
Endi jonim sizdan ketib qolaman.

Baxt tilaysiz kutib mening to'yimni.
Qiz yuragi yigit uchun o'yinmi.
Rost gapirish nahot shuncha qiyinmi.
Endi jonim sizdan ketib qolaman .
Яндекс.Метрика