Endi smartfon g'ilofi yordamida qondagi qand miqdorini o'lchash mumkin

Qandli diabetdan aziyat chekuvchi kishilar qondagi glyukoza miqdorini muntazam ravishda o'lchab yurishlariga to'g'ri keladi. Buning uchun ular o'zlari bilan doim glyukometr olib yurishlari zarur, bu esa biroz noqulaylik tug'diradi. 
San-Diego Universiteti tadqiqotchilari glyukometrni smartfonga integratsiyalash muammoni hal qiladi, degan qarorga kelishdi, zero smartfon - doim qo'l ostimda. Shu bilan birga, telefon boshqa an'anaviy jihozlardan farqli o'laroq, qand miqdori haqidagi ma'lumotlarni "bulut"da saqlashi, uni qayta ishlashi va hatto shifokorga yo'llashi ham mumkin, deyiladi Science Daily'da. 
Mazkur qurilma nomi GPhone deb ataladi va u glyukoza miqdorini kuzatish bo'yicha yangi kontseptual tizimni namoyish etadi. U ikki qismdan iborat. Birinchisi — bir burchagida datchik o'rnatilgan smartfon g'ilofi. U 3D-bosma texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan. Ikkinchi qismi maxsus fermentni o'z ichiga olgan va datchikka magnit bilan mahkamlangan bir martalik mitti granulalardan iborat. 
G'ilofga biriktirilgan hamda printerda chop etilgan stilus ichida 30 ta granula joylangan. 
Foydalanuvchi testni boshlash uchun datchikni faollashtirishi kerak, buning uchun esa unga granulani qo'yish kerak bo'ladi. Shundan so'ng unga qon namunasini joylash lozim. Datchik glyukoza miqdorini aniqlab, Bluetooth yordamida ma'lumotlarni smartfon ekranida namoyish etadi. Test taxminan 20 soniya vaqtni oladi. 
Bosma platalar tufayli tizim smartfon akkumulyatorida ishlaydi. 
Granulalar glyukozooksidaz nomini olgan fermentga ega. Uning glyukoza bilan reaktsiyasini datchik elektrodlari bilan o'lchanuvchi elektrik signal hosil qiladi, u qanchalik kuchli bo'lsa, qand miqdori shuncha yuqori bo'ladi. 
Test natijalari texnologiyaning yuqori darajada aniqligini ko'rsatdi. 
Tadqiqotchilarning navbatdagi maqsadi — glyukometrni g'ilofga emas, bevosita smartfonga o'rnatish. Jamoa mazkur texnologiyani kelgusida boshqa moddalarni aniqlash, shuningdek tibbiyotdan boshqa sohalarda ham qo'llash mumkinligiga umid qilmoqda. Bunga faqat uning narxi to'sqinlik qilishi mumkin: datchik va bosma elementlar arzon bo'lsa-da, granulalarning ferment bilan ta'minlanishi ancha qimmatga tushishi mumkin. 
GPhone diabetga chalingan kishilarga yaqindan yordam beradi va ehtimol, tez orada biz bu kasallikni to'liq davolashga muvaffaq bo'larmiz. Har holda, 2-turdagi diabetga nisbatan shunday taxminlar ilgari surilmoqda: tadqiqotlarning ko'rsatishicha, 2-turdagi diabetni parhez va vaznni kamaytirish yordamida mag'lub qilish mumkin.
 


Комментарии (0) | Добавить: 14.12.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

iPhone X smartfoni Android’da ishlovchi barcha telefonlardan uch marta ko'proq daromad keltirdi
Nokia X’ning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi
Foto: Samolyotlarning “yotoqxonalari”
Toshkentda ma’muriy binolar atrofidagi panjaralar olib tashlanmoqda
AQShlik bloger halokatga uchrayotgan samolyotda to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya uyushtirdi
«Telegram bloklanganidan keyin ham g'alaba qozondi»
Kelajak oziq-ovqati: 10 yildan keyin dunyo ahli nima tanovul qiladi
Манзура билан очиқ видеоинтервью: унга Тамиладан ҳам баттар муносабатда бўлишяптими?
Президент фармони: Янги давлат мукофоти таъсис этилди
Qirg‘izistonlik o‘ymakor usta Qur’oni karimning 20 oyatini yog‘ochga o‘yib yozdi
AQSh Xitoyga qarshi yangi savdo cheklovlarini tayyorlamoqda
Yuridik ma`lumotga ega bo'lmay qayta tayyorlashdan o'tib yuridik xizmatda ishlash mumkin bo'ladi
Toshkentda 1-maydan sovuq suv narxi oshadi
1 iyuldan boshlab O'zbekistonda kobeyjing kartalari ishlab chiqariladi
Moskvada havo harorati 70 yillik rekordni yangiladi
Durov Rossiyada «Telegram» bloklanishiga munosabat bildirdi
Yaponiya korporatsiyasi O‘zbekistonda benzin ishlab chiqaradigan zavod quradi
Shavkat Mirziyoyev yana sobiq Bosh prokurorni esladi
AQSHda 522 kiloli pirog tayorladi
«Titanik» qoldiqlari auksionda sotilmoqda
Telegram o'rniga «TamTam». Foydalanuvchilar yangi messenjerga ko'cha boshladi
Rossiya Telegram'ning kulini ko'kka sovurmoqchi: App Store va Google Play’ga talab yuboriladi
«PSJ» yetti karra Fransiya chempioni bo‘ldi
Ayol-qizlar o‘rtasidagi Qur’on musobaqasining respublika bosqichi 25—26-aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi
Opera VPN servisi aprel oxirida yopiladi
Toshkentda mast erkakning puli, telefoni va poyabzalini olib ketgan o‘g‘ri ushlandi
Tramp Suriyadagi Rossiya obyektlariga zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqqan
Pop tumanida namunaviy jamoatchilik nazorat maskani ishga tushdi
«Manchester Siti» Angliyaning 5 karra chempioni
Qur’on musobaqasining final bosqichi o‘tadigan joy va sanalar aniq bo‘ldi