У нас есть только
оригинальные песни

Eng arzon neft narxi deyarli 20 dollargacha tushib ketdi

calendar 15.12.2015
1016

Neftning arzon turlari narxi deyarli 20 dollargacha tushib ketdi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.

Meksika nefti narxi 11 yillik minimum qiymatigacha tushib ketdi va 28 dollardan kamroq narxga baholanmoqda. Bu neft turi narxi 18 oy ichida 73 foizga arzonlashib ketdi.

Iroq nefti Osiyoda 25 dollardan sotilmoqda. Kanadaning g'arbiy qismida ba'zi neft qazib oluvchilar o'z neftini 22 dollardan pastroq narxda sotmoqda.

“Neft qazib olishning uchdan biri bu narxlarda iqtisodiy jihatdan foydasiz hisoblanadi”, deb aytdi KBC etakchi maslahatchisi Ehson Ul-Haq.

Neft narxi jahondagi talabning taklifdan ortiqligi sababli 2009 yildagi jahon moliyaviy inqirozi paytidagi darajagacha tushib ketdi.

Avvalroq Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov 2016 yilda neft narxi 30 dollargacha tushib ketishi ehtimoli borligini aytib o'tgandi.

Яндекс.Метрика