У нас есть только
оригинальные песни

Eng avval otangni qadrini bilgin...

calendar 13.12.2015
4884

Ey do'stim davlating imkoning bolsa,
Tulporing choparga maydoning bölsa,
Manziling közlagan karvoning bölsa,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.

Zeb ziynat ustunmas ota-onangdan,
Mol davlat ustunmas ota-onangdan,
Hashamat ustunmas ota-onangdan,
Maishat ustunmas ota-onangdan,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.

Bugun qadah tutib turgan dilbarlar,
Yiqilsang bir kuni tashlab ketarlar,
Odam bo'lib ortga solgin bir nazar,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.

Oppoq sochlarida sabr beshigi,
Ajinlar qatori jabr beshigi,
Biz ochib kirmasak mehr eshigin,
Qarsillatib yopsak qadir eshigin,
Ulgur, ochilmasdan qabr eshigi,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.

Ey do'stim, davlating imkoning bo'lsa,
Tulporing choparga maydoning bo'lsa,
Manziling ko'zlagan karvoning bo'lsa,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.

Bu dunyo nimadir, bu dunyo o'yin,
Bugun yutsak erta yutqazish tayin,
Boshqa ishingni qo'y ey Ahad Qayum,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.

Bor boyligu naqding shular emasmi,
Bor davlatu taxting shular emasmi, 
Axir sening baxting shular emasmi,
Eng avval otani qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.

Ahad Qayum

Яндекс.Метрика