У нас есть только
оригинальные песни

Eng go'zal qizlar Londonga to'planishdi

calendar 14.12.2014
8144


Bugun Britaniya poytaxtida jahonning 122 mamlakatidan qizlar ishtirok etadigan go'zallik tanlovi "Dunyo go'zali-2014”ning final bosqichi bo'lib o'tadi. Ajoyib shou mahalliy vaqt bilan 14:30da boshlanadi va internet orqali butun dunyoga namoyish etiladi. Qimmatbaho toj uchun kurash go'zallar o'rtasida ular Londonga etib kelishi bilan, ya'ni bir necha hafta oldin boshlangan edi. Qoidaga ko'ra, tanlovda ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritish uchun ko'rikning turli bosqichlarida kerakli ballarni to'plashlari zarur. Hakamlar hay'ati qarshisida o'z iste'dodlari va milliy kiyimlarini namoyish etgan qizlar sport musobaqalarida ishtirok etib, sahnaga bayram va cho'milish kiyimlarida chiqish qilishdi, shuningdek o'zlarining xayriya loyihalari haqida gapirib berishdi. Ishtirokchilar ballar hakamlar bilan shaxsiy suhbatdan so'ng qo'yildi
2014 yili "Dunyo go'zali” tashkilotchilari rasmiy saytda birinchi o'ringa da'vogarlik qilayotgan qatnashchilar uchun onlayn ovoz berish va ularni ko'rish imkoniyatini beruvchi ko'rikni taqdim etishdi. "Dunyo go'zali” tanlovi birinchi marta 1951 yili Buyuk Britaniyada bo'lib o'tgan edi. Qoidaga ko'ra, g'olibga toj bilan birga bir yil davomida Londonda yashash, shuningdek "Miss World Organisation"turli xayriya tadbirlarida ishtirok etish uchun shartnomaga ega bo'lishadi. 2013 yili "Dunyo go'zali” nomiga filippinlik Megan Yang sazovor bo'lgan edi, deya xabar bermoqda TASS.
Яндекс.Метрика