“Eng ibratli hayotiy hikoyalar” tanlovi: Eng go'zal ro'yo

Ziyouz.uz va qadriyat.uz saytlari “Eng go'zal hikoyatlar” tanlovi o'tkazmoqda. Quyida tanlovga qo'yilgan hikoyalardan biri o'zgarishlarsiz keltiriladi.

Eng go'zal ro'yo

2012 yil. Sha'bon oyi. Baroat kechasida salovatlar o'qishim kerak, deb juda ko'p tayyorgarlik qilib yurgan edim.

O'zga yurtda bo'lganligim bois qo'limda etarlicha salovatlar yo'q, internetdan arab tilida yozilgan salovatlarni juda ko'p izlagandim. To'rt yoki besh kun davomida soatlab internetda o'tirib, bir qancha salovatlarni to'pladim. Salovatlarning ma'nosi shunday go'zal ediki, o'qilganda qalbning tub-tubiga singib, inson ruhiga o'zgacha halovat bag'ishlar edi.

Umr yo'ldoshim ham arab tilini a'lo darajada bilganliklari bois har kuni ishdan kelishlarini poylab o'tirar edim. Arab tilida ba'zi harakatsiz yozilgan so'zlarni o'qiy olmasdim, umr yo'ldoshim menga qarashib yuborar edilar. Shunday qilib salovatlarni xatosiz, to'g'ri o'qishga harakat qildim.

Va nihoyat men «Baroat» kechasiga tayyor edim. Endi tezroq shu kecha kelsa-yu, men to'yib-to'yib to'plagan va biridan-biri go'zal bo'lgan salovatlarimni Nabiyimiz va habibimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam uchun zavqlanib o'qishni kutardim.

O'sha kunlari umr yo'ldoshim mashina olish arafasida yurgan edilar. Har kuni internetdan narxlari ma'qul bo'lgan mashinalarni birgalashib tomosha qilardik, ma'qul kelganiga xo'jayinim qo'ng'iroq qilib, borib ko'rib kelardilar. Shu orada xo'jaynimga bir mashina yoqqandek bo'ldi. Narxiyam ma'qul. Menga “kel ikkimiz bir istixora qilib ko'ramiz” deb qoldilar.

O'sha kunlari mashinaga aldanib qoldimmi, chalg'idimmi, bilmadim «Baroat» kechasini qanday qilib o'tkazib yuborganimni sezmay ham qolibman. Meni g'aflat tutib, shuncha kun kutib yurgan muborak «Baroat» kechasini o'tkazib yuborganimni bilmay qolibman.

Sha'bon oyining 15-kunidamiz. Asr vaqti. Men hali hanuz g'aflatda. Namozimni o'qib, bilgan salovatlarimni ayta boshladim. Birdan yodimga bugungi kun Sha'bon oyining 15-kuni ekanligi yodimga tushib qoldi.

“Ey Alloh, nahotki muborak kechani o'tkazib yuborgan bo'lsam”, deb yuragim siqildi. “Essiz, shuncha ko'rgan tayyorgarliklarim”, deb o'zimdan xafa bo'lib ketdim. So'ngra mahzun holatda salovatlar yozilgan daftarimni olib, hechdan ko'ra kech deb birin-ketin bor ovozim bilan o'qiy boshladim. Shu zaylda to ularni o'qib tugatgunimga qadar chamamda ikki soatcha vaqt o'tdi.

Ko'nglim sal tinchiganday bo'ldi. Ammo... Vaqtida o'qiy olmaganim uchun ich-ichimdan hali hanuz xafa edim.

Shu tun bir tush ko'rdim.

Tushimda olomonning “ana Rasululloh, Rasululloh kelyaptilar” degan ovozlarni eshitib qoldim. Odamlarning ovozidan ular ancha-muncha edi, lekin olomonning o'zini ko'rmadim. Baribir hozir yugurib borsam ham bu olomon orasidan Rasulullohni ko'ra olmayman, deb turganimda salovatli, juda ham kelishgan va go'zallikda tengi yo'q Rasululloh urush kiyimida katta-katta va shaxdam qadam tashlab kelayotganlarini ko'rdim. Ul zot pastqamgina bir uychaga kirib, kiyimlarini o'zgartirib chiqdilar. Uylarining yon devorida ekilgan gullarmi yoki rayhon bo'ldimi bilmadim, ana shularni tesha bilan tagini yumshatishga kirishib ketdilar. Men ularning yonlariga yaqinlashib:

“Salom berdim va siz chindan ham Nabiyullohmisiz” deb so'radim.

Ular menga qarab iliq tabassum bilan “ha” degandek boshlarini qimirlatdilar. Keyin men yana savol berdim:

“Sizni "Ey Nabiyulloh" deb chaqirsam bo'ladimi?” deb so'radim. Ular yana iliq tabassum bilan “ha” deganday bo'lib, boshlarini qimirlatdilar. Keyin men ularga xalaqit qilmaslik uchun sal chetroq turdim va cheksiz sahrolar tomon qarab turganimda Nabiyulloh o'rinlaridan turib oldimga keldilar. Shunda men ularga dedim:

“Ey Nabiyulloh, men sizni juda ham yaxshi ko'raman” deb aytdim.

Ular ham cheksiz sahro tomon boqib, menga shunday dedilar:

“Men ham sizni ancha yillardan beri yaxshi ko'raman” deb aytdilar.

Men bu so'zlarni o'zlaridan eshitganim bois judayam quvonib ketdim.

So'ngra nimayam bo'ldi-yu, uyga ketdim. Ertasi kuni kayfiyatim ham juda a'lo edi. O'zimga ko'ylak xarid qilish uchun kichkinagina bozorga bordim. Bozorda sotuvchilar shunchalar kam ediki, hech biridan o'zimga yoqadigan biron bir ko'ylak topa olmadim. Shunda majburan bir ko'ylakni olmoqchi bo'lib ushlab tursam, uzoqdan bir qiz qo'llarida bir dasta gullarni ushlab olib, men tomon kulib kelayotganlarini ko'rib qoldim.

Yaqinlashib menga dedilar:

“Sizni izlamagan joyim qolmadi. Kecha dadam bilan gaplashgan ekansiz. Siz uchun judayam xursandman. Mana bu gullar siz uchun” deb menga har-xil rangli lola guldastani tutqazdilar. Shunda bildimki, bu qiz Rasulullohning qizlari Fotima onamiz ekanlar.

Meni yana gapga tutib:

“Bu erlarda nimalar qilib yuribsiz?”, deb so'radilar.

Men kulib:

“O'zimga ko'ylak xarid qilmoqchi bo'lib turgan edim”, dedim.

Keyin ular:

“Bu erdan olmang, men sizga o'zimning ko'ylagimni hadya qilaman”, deb oppoq va mayin matodan tikilgan ko'ylaklarini menga sovg'a qildilar. Ko'ylakni qo'llarim bilan ushlab silar ekanman, undagi mayinlikni va oppoq naqshlarini ta'riflashga til ojiz edi. Ko'ylakka havas bilan qarab, qo'llarim bilan siladim. Chunki bunday mayin va go'zal matoni umrim bino bo'lib hali ko'rmagan edim. Mening o'sha paytdagi xursandligimni hech qachon sharhlab bera olmasam kerak. O'sha erda turib tinmay yig'labman. Fotima onamizga qarab:

“Rahmat sizga, kattakon rahmat. Men bu ko'ylakni kiymayman, balki kafanligimga asrab qo'yaman. Bu mening kafanligim bo'ladi, endi mening kafanligim bor”, deb uyimga xursandligimdan yig'lab-yig'lab qaytibman. Uyim ham o'sha davrdagi pastqam uylarga o'xshagan eski uylardan biri ekan. O'sha erga kirib taom hozirlay boshlabman. Shunda ko'chadan yana olomon tovushini eshitib qoldim. Olomon "yo Rasululloh, yo Rasululloh" deya qichqirishar edi. Uyimdan o'qdek yugurib, otilib chiqibman. Qarasam oppoq nurli to'n kiygan va oppoq nurli ro'molni boshlariga tashlab qo'ygan va yuzlari munavvar bo'lib turgan Rasululloh aravada odamlarga nimadir tarqatayotgan ekanlar. Men ham oldilariga yugurib borib “menga ham bering” deb aytdim. Ular menga “afsus, boshqa qolmadiku” deb aytdilar. Keyin mening mahzun chehramni ko'rib:

“Hozir, o'zim aravaga chiqib qarayman”, deb aravaning eng orqa va eng so'nggi tomonidan bir narsani olib tushdilar. Qarasam munavvar qo'llarida oppoqqina koptokdek keladigan yum-yumaloq nurli bir narsani menga uzatdilar. Men uni olib ularga “bu nima?” deb so'rasam, ular “bu xayrlik, u faqat siz uchun. O'ziyam eng so'nggisi qolgan ekan”, deb aytdilar.

Ey Alloh, bu qandayin ham go'zal tush bo'ldi. Uyg'onganimdan so'ng o'zimni bosa olmay tinmay yig'labman.

So'ngra kecha o'qigan salovatlarim yodimga tushdi. Salovatlarimni kech o'qiganim bois xayrlikning eng so'nggisiga ilingan ekanman, deb o'zim uchun ibrat oldim va alhamdulillahi Robbil alamiyn, menga ham xayrlik nasib etganidan juda ham mamnun bo'ldim.

Muallif: Zamira Ibrahimova


Комментарии (0) | Добавить: 13.07.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Galkin Pugachyova bilan nikohdan o'tdi
Alisher Usmonov yana bir futbol klubini sotib olishi mumkin
1 kunda Vladimir Putin yo'liga 50 dan ortiq bomba joylashtirilgani rostmi?
Serena Uilyams biznesmenga turmushga chiqdi
Punktual odamlarga xos 3 ta odat
Alisher Sultonov Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Prezidentning navbatdagi tashrifi Ozarboyjonga bo'ladi
2018-yildan oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari 1-avgustdan 15-avgustgacha o‘tkaziladi
Dam olish kunlari omadsizlar yo‘l qo‘yadigan 8 ta xato
To‘shakni dog‘ va noxush hidlardan tozalaymiz
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan 10 kilometrlik marafon o‘tkazadi
Ronaldu uylanadi
Rossiya aviasozlari “so'nggi kun samolyoti”ni yaratishdi
Messi “Barselona” bilan bir umrlik shartnoma imzolaydimi?
Bosh prokuratura o‘z telestudiyasiga ega bo‘ladi
Saudiya Arabistoni hukumati qo‘lga olingan shahzodalarga pul evaziga ozodlikni taklif qilmoqda
Rossiyalik teleboshlovchi Andrey Malaxov ota bo‘ldi
Turkiyaning Van ko‘li ostidan qadimiy qal’a topildi
Siemens’da ommaviy ishdan bo'shatish yuz beradi
O'zbekiston xalqaro ayollar tadbirkorligi kunini nishonlaydi
MIB tomonidan musodara etilgan LADA avtosaloni auksionga qo'yildi
O'zbekistonda qaysi kasb egalarining maoshi yuqori?
OnePlus iPhone X’ga raqobatchi bo'lgan smartfonni taqdim etdi
“Malika” savdo markazida sotilayotgan Samsung smartfonlarining narxlari ma’lum qilindi
Neymarning tovon puli ma`lum qilindi
Ronaldu va Serxio Ramos orasidan ola mushuk o'tdi
General-mayor Abdusalom Azizov Ozarboyjonga tashrif buyurdi
Hindiston hukumati Ivanka Tramp tashrifi oldidan ko‘chalarni 200 dan ortiq tilanchidan tozaladi
9 oy ichida qancha chet ellikka O'zbekistonga kirish vizasi berildi?
Ronaldu «Real»ni tark etish uchun 4ta sababga ega
Yana gaz inqirozimi? Ukrainada gaz narxi 10 barobarga oshdi