Forbes jurnali 2017 yil yakunlari bo'yicha musiqa sohasida eng ko'p haq oluvchi ayollar ro'yxatini e`lon qildi.
Reytingda amerikalik xonanda Beyonse Noulz yetakchilik qilmoqda. Nashr ma`lumotiga ko'ra, u 105 mln. dollar ishlab topgan.
Ikkinchi o'rinda 69 mln. dollar ishlab topgan Adel joylashdi. Kuchli uchlikni esa Teylor Svift 44 mln. dollar bilan yakunlab berdi.
Shuningdek, top-10dan Selin Dion, Jyennifer Lopez, Rianna, Britni Spirs, Dolli Parton, Barbara Streyzand va Ketti Perri ham joy oldi.