У нас есть только
оригинальные песни

Eng ko'p maosh oladigan futbolchi nomi o'zgardi

calendar 29.12.2016
3758

Argentinalik hujumchi Karlos Teves rasman Xitoyning "Shanxay Shenxua" futbol klubi bilan shartnomani imzoladi. Bu haqda Tribuna.uz xabar bermoqda.

Avvalroq, Britaniyaning Daily Mail nashri 32 yoshli Teves yangi jamoasida haftasiga 615 ming funt sterling (750 ming AQSh dollari) miqdorida maosh oladi. Shu bilan u dunyoning eng ko'p ish haqi oladigan futbolchisiga aylanadi. 

Argentinalik o'yinchi Ispaniyaning "Real" jamoasining haftasiga 445 ming AQSh dollari oladigan portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi. 

Teves joriy mavsumda Argentina birinchiligida 9 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Teves futbolchilik faoliyati davomida Braziliyaning "Korintianse", Angliyaning "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Vest Xem", Italiyaning "Yuventus" klubida to'p surgan. Milliy terma jamoa libosida 76 marta maydonga tushib, 13 marta raqib darvozasini aniq nishonga ola bilgan. 

Яндекс.Метрика