У нас есть только
оригинальные песни

Eng ko'p mehnat qiluvchi aholi qaysi mamlakatda istiqomat qiladi?

calendar 29.12.2016
2302

Yaponiyaning mehnat siyosatiga oid ma`lumotlarni o'rganuvchi mustaqil tashkiloti aholisi eng ko'p mehnat qiluvchi mamlakatlar reytingini taqdim etdi. KBS telekanali shu haqida xabar berdi. 

Manbaga ko'ra, haftasiga 49 soatdan ko'p vaqtini ish joyida o'tkazuvchi Koreya Respublikasi aholisi reytingning 1-o'rnida qayd etilgan. 

"2014 yil holatiga ko'ra, Janubiy Koreyada mehnat qiluvchilarning 32,4 foizi haftasiga kamida 49 soat ishlashgan. Bu ularning dunyo miqyosida birinchi o'rinda ekanliklaridan dalolat beradi", - deya ta`kidlandi telekanalda. 

Eng ko'p mehnat qiluvchilar reytingidagi keyingi o'rinlarda 30,8 foiz ko'rsatkich bilan Hongkong (2-o'rin), 21,3 foiz natija bilan Yaponiya (3-o'rin) qayd etilgan. Shu munosabat bilan manbada Osiyo mamlakatlarida hali-hanuz Konfutsiya an`analari kuchli ekanligi ta`kidlanadi. 

"Biroq ish joyida uzoq vaqt o'tkazish uning samaradorligidan dalolat bermaydi", - deyiladi manbada. 

Telekanal Janubiy Koreya hukumatini idorada o'tkazilgan vaqt emas, aniq professional yutuqlar qadrlanadigan yangi mehnat tajribasini yaratish ustida ish boshlashga chaqirdi. Manba: kun.uz

Яндекс.Метрика