"Darakchi” haftalik nashri O'zbekistonda ishlab chiqarilgan eng yaxshi va eng saviyasiz filmlar reytingini e'lon qildi.
Ta'kidlanishicha, reyting tuzish
maqsadida o'quvchilar orasida so'rovnoma o'tkazilgan. Ushbu so'rovnoma
natijalari asosida tuzilgan har bir ro'yxatdan 5tadan film o'rin
egalladi.
Eng yaxshi filmlar reytingida birinchi o'rinni o'z vaqtida
shovshuvga sabab bo'lgan "Sotqin” filmi egalladi. Ikkinchi o'rin
"Novda”, uchinchi o'rin esa "Tog'a” filmlariga berildi. Beshtalikka
"Quduq” va "Parizod” filmlari kirdi.
Eng saviyasiz va bachkana film deb esa
"Qora tanli bojalar” kartinasi tan olindi. Qizig'i, ushbu filmda bosh
rolni gavdalantirgan aktyor Muhammadiso Abulxairov ikkinchi va uchinchi
pog'onada turgan filmlar – "Uring, jonim, uring” va "Yana boshlandi”
kartinalarida ham ishtirok etgan.
Saviyasiz filmlar beshtaligini "Ana xolos!” va "Payshanbadan payshanbagacha” kartinalari yakunlab berdi.