У нас есть только
оригинальные песни

Eng zamonaviy uslubda ishlangan muhtasham uylar o‘ntaligi

calendar 27.04.2016
8416

Zamonaviy uylar nafaqat boshpana, balki estetik zavq beruvchi me’moriy san’at asari hamdir. Bu ayniqsa muhtasham, qimmatbaho uylarga xos jihat.

“Interesno” mana shunday uylardan tashkil topgan o‘ntalikni tayyorladi.

1. Jodi Kuperning xos uyi, Avstraliya

Bu uy dizayni Jodi Kuper tomonidan yaratildi.

Umuman, Avstraliya shinam va zamonaviy uylar makonidir — bu yerda soha mutaxassislari adadi ham, ularning mehnatiga bo‘lgan talab ham ko‘p.

Mazkur dala hovli tekstura va tabiiy materiallar uyg‘unligini aks ettiradi.

Ushbu me’morchilik obidasining eng diqqatga sazovor tomoni tashqi pillapoyadir: u me’moriy nuqtai nazardan tomning davomi bo‘lib, o‘zida ayni paytda nonushta zalini mujassamlashtiradi.

2. Mavritaniya uslubidagi O‘rta Yer dengizi xos uyi, AQSh

Bu uy Sarasotada (Florida shtati) joylashgan. Mavritaniya uslubidagi zamonaviy dala hovli boy materiallar va teksturalar uyg‘unligini namoyon etadi.

Bunday uyning o‘ziga xosligi — syurrealistik bog‘. Hovuz rang-barang olovlar bilan bezatilgan.

3. Kaliforniyadagi zamonaviy xushmanzara dala hovli

Los-Anjelesda istiqomat qiluvchi me’mor Barbara Bestors Kaliforniya cho‘lidagi ushbu loyihaga mas’uliyat bilan yondashib, noyob uy yarata oldi.

Tabiiy materiallar atrof manzaralari bilan uyg‘unlik hosil qilib, mayda detallar bilan to‘ldiriladi.

4. Marlon Blekuell loyihalashtirgan zamonaviy uy, Arkanzas

Amerikalik me’mor Marlon Blekuell loyihasi zamonaviy materiallardan qurilgan uy qalin o‘t-o‘lan va daraxtlar orasida joylashtirilgani bilan qiziqarli.

Bundan tashqari, uy shakli tabiat manzaralaridan bahramand bo‘lish imkoniyatini beradi.

5. Rudolf Van der Mayeylen uyi, Yoxannesburg, Janubiy Afrika

Uyning maydoni — 921 metr kvadrat. Oddiy kompozitsiyalar shishali devorlar va bog‘ bilan to‘ldiriladi.

Interyer uslubi shinam va sodda detallarni o‘zida mujassam etadi.

6. Karlos Jilyardidan O‘rta Yer dengizi durdonasi, Ispaniya

O‘rta Yer dengizi durdonasi me’mor Karlos Jilyardi tarafidan Ispaniyada yaratildi. Bino shamoyili qoyalarga tirmashayotgan haykalni eslatadi.

Bino kompozitsiyasida oq rangli detallar yetakchilik qiladi.

7. Marbelyedagi zamonaviy dala hovli, Ispaniya

Me’mor Vil Arets loyihasi asosida yaratilgan durdona uy san’at asari darajasida qurilgan.

Tomdagi hovuzdan turib tabiat manzaralarini kuzatish mumkin.

8. The Cresta villasi, Kaliforniya, AQSh

Mashhur me’mor Jonatan Sigal yaratgan ushbu uyda hovuz nafaqat rekreatsion unsur vazifasini bajaradi, balki issiq fasllarda uyning qo‘shimcha sovutilishini ta’minlaydi.

9. Toshdan yasalgan San Vicente xususiy uyi, Kaliforniya, AQSh

McClean Design me’morchilik studiyasi toshdan qad ko‘targan ikki qavatli muhtasham uy dizaynini ishlab chiqdi.

Uy gavjum ko‘cha bo‘yida joylashgani bois shovqinni kamaytirish dizaynerlar oldida turgan asosiy vazifa edi.

10. Singapurdagi bog‘chali qo‘shaloq uy

FARM me’morchilik byurosining loyihasi ikkita bir xil uy ko‘rinishida taqdim etildi. Bu uylar mustaqil mavjud bo‘lishi mumkin, lekin ayni paytda kompozitsion birlikni tashkil etadi.

Binoning ikki qavatli qismi mehmonxona, kutubxona, qabul zonasi, asosiy yotoqxona, trenajyor zali va kabinetdan tashkil topadi, qo‘shni bir qavatli blokda esa dam olish zonasi bor. Ular orasida Xitoy uslubidagi bog‘ ko‘kartirilgan ichki hovli joylashadi.

Яндекс.Метрика