У нас есть только
оригинальные песни

Еr tomonga xavfli asteroid yaqinlashayotgani aytilmoqda

calendar 10.10.2015
3471

NASA olimlari kosmik ob'ekt Еr sayyorasining yonidan uchib o'tishini aytishmoqda.

"Ulkan asteroid sayyoramizga yaqinlashib kelmoqda. 10 oktyabr kuni u Еrdan 26 million kilometr uzoqlikdan uchib o'tadi. 86666 (2000 FL10) raqamli ushbu asteroidning diametri 1,5 dan 2,5 kilometrgacha. U soatiga 60 km tezlikda uchib kelmoqda", deyiladi xabarda.

Olimlarning ta'kidlashlaricha, agar asteroid Еrga urilsa, bu katta fojiaga aylanadi. Ya'ni u Еrning ozon qatlamiga zarar etkazadi. Natijada esa jiddiy iqlim o'zgarishiga olib keladi. Sunamilar 90 metr balandlikka etishi mumkin.

NASA olimlari bunday holat yuz bermasligiga ishontirishmoqda. Mutaxassislarga ma'lum bo'lgan barcha asteroidlar Еr bilan to'qnashishda 0,01 foiz imkoniyatga ega.
Яндекс.Метрика