У нас есть только
оригинальные песни

Erdo'g'an O'zbekistonga keladi

calendar 15.11.2016
2037

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'an joriy haftada O'zbekiston va Pokistonga safar qiladi. Turkiya prezidentining matbuot xizmati xabar qilishicha, Erdo'g'an bu ikki mamlakat bilan ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamalash maqsadida tur amalga oshirmoqda.16 noyabr kuni turkiyaliklar prezidenti Pokistonga keladi va 16-17 noyabr kunlarida bu mamlakat prezidenti Mamnun Husayn va bosh vazir Navoz Sharif bilan uchrashuvlar o'tkazadi. Erdo'g'an Islomobodda parlament deputatlari va senatorlar qarshisida ham chiqish qiladi.Shundan so'ng Turkiya prezidenti Navoz Sharif bilan birgalikda Lahor shahriga yo'l olib, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari yig'ilishida ishtirok etadi.Turkiya prezidenti 17-18 noyabr kunlari davomida O'zbekistonda bo'ladi. U safari davomida Samarqand shahriga kelib, O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi.Erdo'g'an shuningdek, O'zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi hamda bosh vazir Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o'tkazadi. Ikki siyosatchi O'zbekiston va Turkiya munosabatlarini mintaqaviy va xalqaro darajada rivojlantirish masalasini muhokama etadi.

Яндекс.Метрика