У нас есть только
оригинальные песни

Erdo'g'an: Rossiya Suriya ustida samolyotimizni urib tushirsa, bu agressiya bo'ladi

calendar 27.11.2015
2477

Turkiya Suriya osmonidagi samolyoti Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimi yordamida urib tushirilsa, buni agressiya deb baholaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'an CNN telekompaniyasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Turkiya samolyoti Suriya havo hududini buzsa-yu, Rossiya kuchlari tomonidan urib tushirilsa, bu rasmiy Anqara tomonidan qanday baholanishi haqidagi savolga javob berarkan, Erdo'g'an shunday dedi:
“Bunday voqea ro'y berishi mumkin, va bu bizlarni qo'shimcha choralar ko'rishga majbur etadi. Albatta, bu bizning suverenitet huquqimizga nisbatan agressiya bo'ladi, davlat esa o'z huquqini himoya qilishi tabiiy”.
Turkiya rahbari mintaqadagi vaziyat keskinlashishini istamasligini yana bir bor ta'kidlab o'tdi.

Яндекс.Метрика