У нас есть только
оригинальные песни

Erkaklar sarimsoqpiyozni ko'proq tanovul qilishiga sabablar

calendar 25.07.2016
2487

Sarimsoqpiyoz hidi  — ushbu o'simlik borasida umumiy qarash paydo bo'lmaganining asosiy sababidir. Oshpazlar sarimsoqni yaxshi ko'rishadi va uni deyarli barcha taomga qo'shish tarafdoridirlar. Ammo, jamoatchilik fikri, uning hidi tufayli turlicha ekani barchaga yaxshi ma'lum. 


Biroq, ayrim kishilarni sarimsoqpiyoz hidi o'ziga tortishi ham mumkin ekan. Tadqiqotlar natijalari ko'plab ayollar engilgina sarimsoq hidi kelib turgan erlarini yoqtirishini ko'rsatmoqda. Quyida buning sababiga oydinlik kiritamiz. 

Shotlandiyadagi Stirling univyersiteti olimlarining tadqiqoti bu borada inqilob yasadi. Unga ko'ra, ayollarning aksariyati sarimsoqpiyoz hidini sog'lom er hidiga qiyoslashar ekan. Agar sarimsoqning kuchli antibiotik xususiyatlari e'tiborga olinadigan bo'lsa, bu fikr unchalik ham noto'g'riga o'xshamaydi. 

42 nafar erkakdan iborat tajriba guruhi xom sarimsoq donalarini iste'mol qilib, qo'ltig'i ostida salfetka olib yurishgan. Ularning tyer namunalarini esa, 82 ayolga hidlatishgan va yoqimli, o'ziga tortuvchi, erlikni ta'kidlovchi va o'tkirligi jihatidan baholash so'ralgan. 

Natijalar esa kishini hayratga solishi shubhasiz. Ko'p hollarda xom sarimsoq egan erkaklarning tyer hidi sarimsoq piyoz emagan erkaklarga qaraganda ayollarga ko'proq ma'qul kelgan. Erkak qanchalik ko'p ushbu piyozdan tanovul qilsa, uning hidi shunchalik o'tkirlashgan, tyeridagi fyeromonlar aralashmasi yuqori ko'rsatkichga etgan. 

Kimyodan ma'lumki, sarimsoq tarkibida oltingugurtli vodorod va rux bo'lib, bu moddalar erkak jinsining kimyoviy o'ziga xosligini belgilovchi testostyeron moddasini ishlab chiqarishda muhim o'rin tutadi. Uning asosini tashkil etadi. 


Bunday g'aroyib natijalarni ayollarga ko'proq sog'lom erkaklar yoqishi bilin izohlash mumkin. Sarimsoqpiyoz esa sabzavotlar orasidagi eng sog'lomi hisoblanadi. 

Umuman, xulosa o'rnida aytadigan bo'lsak, sarimsoq shundog'am afrodiziak hisoblanadi. Uning tarkibida qon quyilishini ko'paytirish xususiyatiga ega allitsin moddasi mavjud. Bu shuni anglatadiki, tez orada sarimsoqpiyoz negizida mahalliy ta'sir kuchiga ega spreylar ishlab chiqarilsa, ajab emas.

Яндекс.Метрика