У нас есть только
оригинальные песни

Erkin Vohidov olamdan o'tdi

calendar 30.05.2016
3249

O'zbekiston Xalq shoiri, dramaturg, jamoat arbobi, O'zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov olamdan o'tdi. Bu haqda jurnalist Abdurahmon Tashanov Facebook sahifasida xabar bergan.

"Xalqimizning atoqli adibi, O'zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov olamdan o'tdi. Bu haqda menga ustoz jurnalist Sharof aka Ubaydullaev hozirgina qo'ng'iroq qilib, u kishini hukumatga qarashli 1-statsionardan olib kelishshayotganini aytdilar.
Dilbar shoirimiz, ajoyib inson Erkin Vohidovni Alloh rahmatiga olsin!", deyiladi manbada.

Erkin Vohidov 1936 yili Farg'ona viloyati Oltiariq tumanida tavallud topgan. 1960 yili ToshDU (hozirgi O'zMU) filologiya fakultetini tugatgach, «Yosh gvardiya» nashriyotida muharrir, bosh muharrir (1960—63; 1975—82), G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida muharrir, bosh muharrir (1963—70), direktor (1985— 87), «Yoshlik» jurnali bosh muharriri (1982-85) vazifalarida ishlagan.

Erkin Vohidov O'zbekiston Oliy Kengashi deputati (Oshkoralik masalalari qo'mitasi raisi; 1990—95); 1995 yildan O'zbekistan Oliy Majlisi deputati va Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo'mitasi raisi bo'lgan.

U «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (1997). Hamza nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureati (1983).

Яндекс.Метрика