Eron mamlakatdagi tartibsizliklar kim tomondan uyushtirilganini ma`lum qildi

Eron bosh prokurori Muhammad Jafar Mo'ntazariy AQSh, Isroil va Saudiya Arabistonini Eronda tartibsizliklar uyushtirishda til biriktirganlikda aybladi. Bu haqda IRNA axborot agentligi xabar bermoqda. 

Mo'ntazariyning aytishicha, Eronda bir necha kun davom etgan norozilik namoyishlari rejasining bosh loyihachisi va bu tartibsizliklarni amalga oshirgan guruh tashkilotchisi avval Markaziy razvedka boshqarmasining terrorchilikka qarshi kurash bo'limini boshqargan Maykl D'Andrea bo'lgan.

“Eronda tartibsizliklarni amalga oshirish uchun maxsus guruh tuzilgan, uning tarkibiga AQSh, Isroil va Saudiya Arabistoni kirgan. Guruhga Isroilning “Mossad” razvedka xizmati bilan bog'langan zobitlardan biri Maykl D'Andrea boshchilik qilgan. Barcha xarajatlarni Saudiya Arabistoni qoplagan”, deb ma`lum qildi Mo'ntazariy.

Uning ta`kidlashicha, tartibsizliklarni amalga oshirish rejasini tuzish uchun ma`lumotlar bir necha yillar davomida to'plangan. Bosh prokurorning aytishicha, rejani tuzishda shuningdek “Eron xalqi mujohidlari tashkiloti” guruhi, monarx tuzumning izdoshlari, millatchilar va kommunistik yo'nalish bilan bog'liq bir necha guruh ishtirok etgan.  

Mo'ntazariyning ta`kidlashicha, Iroqning Irbil shahrida va Afg'onistonda ikkita operatsion bo'lim tashkil etilgan. Bu bo'limlarning maqsadi norozilik namoyishlariga IShID a`zolarini jalb qilish bo'lgan.

2017 yil iyunda New York Times nashri MRBning Eron yo'nalishini “Qora shahzoda” yoki “Oyatulloh Mayk” laqablari bilan ma`lum bo'lgan Maykl D'Andrea boshqarishini ma`lum qilgan. U avval “Al-Qoida” yetakchisi Usoma bin Lodinni qidirish operatsiyasiga boshchilik qilgan. 

Eronning Tehron, Mashhad, Isfaxon va Resht shaharlarida 28 dekabrda ommaviy norozilik namoyishlari boshlangandi. Eron prezidenti Hasan Ruhoniy noroziliklar ichki muammolar va boshqa davlatlarning undovi bilan yuz berayotganini aytgandi.   

3 yanvarda esa Erondagi tartibsizliklar yakunlangani ma`lum qilingan. 


Комментарии (0) | Добавить: 05.01.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi