Neft qazib olish hajmi bo'yicha dunyoda 5-o'rinda turuvchi Eron uglevodorodlar narxining keskin tushib ketishi bois 2015 yilda ushbu sohaga deyarli mablag' ajratmadi.
Eron neft vaziri Bijan Nomdor Zangonaning ma'lum qilishicha, 2011-2012 yillarda neft sohasiga 40 mlrd dollar ajratilgan bo'lsa, o'tgan yili bu ko'rsatkich 6 mlrd dollarga teng bo'ldi.
Vazirlikning strategik rejalashtirish
bo'linmasi boshlig'i Said Gavompurning aytishicha, yaqin besh yil ichida
bu sohaga 100-500 mlrd dollar kiritish talab etiladi.
Sanktsiyalar
bekor qilinishi bilan Eron neft qazib chiqarish hajmini kuniga 500 ming
barrelga etkazishni rejalashtirmoqda. Bunda, Zangonaning fikricha, OPЕK
a'zolari sanktsiyalar bekor qilinganidan so'ng neft bozorida Eronga
ulush ajratib berishlari zarur.
OPЕKning sobiq rahbari Nobuo Tanakaning taxmin qilishicha, 2040 yilga kelib Eron neft bozorida etakchi mavqeni qo'lga kiritadi.