У нас есть только
оригинальные песни

Eron Pokemon GO o'yinini taqiqlagan birinchi mamlakat bo'ldi

calendar 06.08.2016
1247

Eron Islom Respublikasi hukumati havfsizlik nuqtai-nazaridan Pokemon GO o'yinini taqiqladi, deb habarqilmoqda BBC News. Ushbu qaror mamlakatning internetdagi faolligini nazorat qiluvchi, virtual kenglik bo'yicha Oliy kengashi tomonidan qabul qilingan. 

Ammo, o'yinning qaysi jihati mamlakat va fuqarolari havfsizligiga tahdid solayotganiga oydinlik kiritilmagan. Rasmiy Tehron taqiqni joriy etishdan avval, ilovani ishlab chiqqanlar, ular bilan naqadar hamkorlik qilishga tayyorliklarini o'rganib chiqqan. 

Eron hukumati boshqa qator mamlakatlar bilan birga, Pokemon GO o'yinining havfsizligi borasida havotirlarini bildirgan edi. Bundan avval, Saudiya Arabistoni diniy ulamolari Pokemon GO o'yiniga qarshi fatvo bergan edi.

 

Яндекс.Метрика