У нас есть только
оригинальные песни

Eron terrorchilardan xavfsirab chegaralarini mustahkamlamoqda

calendar 10.11.2015
1205

Eron ichki ishlar vaziri o'rinbosari Hussayn Zulfuqoriy bergan ma'lumotlarga qaraganda, mamlakat ichiga terrorchilarning kirishini oldini olish borasidagi xatti-harakatlar doirasida chegara postlari mustahkamlanmoqda. Bu haqda Fars agentligi xabar berdi.

“Biz 721ta yangi chegara punktlarini qurdik, bundan maqsad terrorchilarning mamlakatga kirishiga qarshi himoya choralarini mustahkamlash edi”, - dedi u Tehronda bo'lib o'tgan Eronning xorij davlatlaridagi elchilari hamda ostonlar (viloyatlar) hokimlari bilan uchrashuvda.

Zulfiqoriyning so'zlariga qaraganda, Eron xavfsizlik sohasida 36 davlat bilan shartnoma imzolagan.
Shu bilan birga, amaldor IShID Eronga bevosita ta'sir o'tkazmasligini, bu guruh mafkurasi mamlakat aholisi o'rtasida mashhur emasligini ta'kidladi.

Яндекс.Метрика