У нас есть только
оригинальные песни

Eronda Mina Basharan va uning 7 nafar dugonasi bo‘lgan samolyot bo‘laklari topildi

calendar 12.03.2018
1364

Eronda qutqaruv otryadlari Turkiyaning Bombardier Challenger 600 xususiy samolyoti qulagan hududga yetib bordi. Bu haqda mamlakat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Izvestiya”.

Halokat joyida 11 kishi — 8 yo‘lovchi va 3 nafar ekipaj a’zosining kuygan tana qoldiqlari topildi. Ularning shaxsini aniqlash uchun DNK tahlili talab qilinishi bildirilmoqda.

Qidiruv-qutqaruv operatsiyasiga bir necha maxsus brigada, shuningdek, alpinistlar va o‘t o‘chiruvchilar jalb etildi. Samolyot bo‘laklari dengiz sathidan 400-500 metr balandlikda, deyarli qoya qirg‘og‘ida topildi.

Eslatib o‘tamiz, Basharan Holding’ga qarashli va Sharjadan Istanbulga yo‘l olgan xususiy samolyot 11- mart, yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:20 da radarlardan g‘oyib bo‘ldi.

Яндекс.Метрика