У нас есть только
оригинальные песни

Eronga nisbatan kiritilgan xalqaro sanksiyalar bekor qilindi

calendar 17.01.2016
1017

Eronga nisbatan xalqaro sanksiyalar bekor qilindi, deya xabar bermoqda Meduza. Bu Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) Eron o‘z yadro dasturining muzlatilishini nazarda tutuvchi bitimning barcha shartlarini bajargani haqidagi ma’ruzani taqdim etgach, sodir bo‘ldi.

Sanksiyalarning bekor qilinishi Eronga zudlik bilan neft eksportini oshirish imkonini beradi — bu so‘nggi oylarda keragidan ortiq takliflar to‘plangan bozorga qo‘shimcha bosim o‘tkazishi mumkin. Neftning jahon bozoridagi narxi 2015-yil oxiri — 2016-yil boshida keskin pasayib ketdi.

Sanksiyalarning bekor qilinishi, shuningdek, Eron o‘z hisoblarida muzlatib qo‘yilgan 50 milliard dollarga yaqin mablag‘ni qo‘lga kiritishini anglatadi. Bundan tashqari, Eron avvalroq taqiqlangan uskuna va texnologiyalarni sotib olishi mumkin bo‘ladi.

Яндекс.Метрика