У нас есть только
оригинальные песни

Eronlik jurnalist qiz futbolni tomosha qilishning o'ziga xos usulini topdi va mashhur bo'lib ketdi

calendar 10.08.2018
1602

Eronlik jurnalist Parisa Purtaharian stadion yaqinidagi binoning terrasasidan futbol o'yinini suratga oldi. Al Bawaba nashrining xabar qilishicha, qiz shu tarzda ayollarga stadionga borish bo'yicha qo'yilgan taqiqni chetlab o'tdi.

Purtaharianga «Vatani» stadionida oliy milliy liganing ikki jamoasi o'rtasidagi uchrashuvni suratga olish vazifasi yuklatildi. Biroq, Eronda ayollarga qarama-qarshi jins vakillari sport bilan shug'ullanadigan stadionga kirish man etiladi.

Qiz qoidalarni buzmasdan ishini bajarishga muvaffaq bo'ldi. Buning uchun u yaqin oradagi baland binoning terrasasidan foydalandi. Katta obektiv tufayli Purtaharian butun dunyo bo'ylab hamkasblar tomonidan yuqori baholangan o'ta aniq suratlarni muhrladi. Professionalizmdan tashqari, jurnalistlar qizning vaziyatdan chiqib ketish qobiliyatiga ham tahsinlar o'qishdi.

Futbol va voleybol Eronda juda mashhur, biroq stadionlarga ayollarning kirishiga taqiq hamon amal qilmoqda. Voleybolda bu qoida 2015 yilda qisman bekor qilingan: ayollar ba`zi tribunalarga tashrif buyurishi mumkin bo'ldi.

Яндекс.Метрика