Eronliklar joriy mavsumda Makkaga haj uchun bora olmaydi

Eronlik hojilar joriy yilda Saudiya Arabistoni bilan munosabatlarda yuzaga kelgan murakkab siyosiy vaziyat tufayli Makkaga haj ziyoratini amalga oshira olishmaydi. Bu haqda Eron madaniyat vaziri Ali Jannatiy ma'lum qildi.

"Biz bugungi kungacha bu borada saudiyalik rasmiylardan javob kutdik. Yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan o'tkazilgan ikki raundlik muzokaralar yakunlariga ko'ra, aytish mumkinki joriy yilda eronlik hojilar Makkaga bora olishmaydi", deya vazirning so'zlarini keltiradi IRNA agentligi.

Jannatining aytishicha, Eron haj tashkiloti 30 may kuni bu yilgi haj bekor qilingani haqida rasman ma'lum qiladi.

Yil boshida Saudiya Arabistoni va bir qator arab mamlakatlari Eron bilan munosabatlarni uzgandi. Bunga Saudiya Arabistoni hukumati shialar xatibi Nimr an-Nimrni qatl etgani sabab bo'ldi. Bu qatl haqidagi xabardan keyin Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasi va Mashhaddagi vakolatxonasiga eronliklar tomonidan hujum uyushtirilib, binolarga o't qo'yildi. Shundan so'ng, avval Saudiya Arabistoni, keyin Bahrayn, BAA va Sudan kabi mamlakatlar Eron bilan diplomatik aloqalarni to'xtatib, o'z elchilarini Tehrondan qaytarib olishdi.

Bundan tashqari, Eron islom respublikasi diniy rahnamosi Ali Xomeneiy Saudiya Arabistonini 2015 yilgi hajda yuzaga kelgan tiqilinch uchun ayblagan. Associated Press ma'lumotiga ko'ra, o'shanda tiqilinch tufayli 2426 kishi halok bo'lgan, shundan 464 nafari eronlik edi.

Associated Press nashrining eslatishicha, Saudiya Arabistoni Eron bilan 1988-1991 yillar davomida diplomatik aloqalarni uzib qo'yganida ham eronliklar Makkaga bora olishmagandi.


Комментарии (0) | Добавить: 29.05.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Zarina Nizomiddinovadan yangi Fotosessiya - 2017
Uzoq masofadan o'q uzish bo'yicha rekord yangilandi
Olimlar tavsiyasi: "Yozda vitaminlar iste`molida ehtiyot bo'ling"
Samsung tarixidagi eng qimmat flagman taqdimotiga oz qoldi
Jenifer Lopez katta ekranlarga qaytmoqda
Sobiq er yuzlab odamlar oldida xotinini chavaqlab tashladi
Google'da bo'sh ish o'rinlarini izlash funksiyasi ishga tushdi
Farg‘ona viloyatida ayol erini yog‘och bo‘lagi bilan o‘ldirib qo‘ydi
Messi «Barselona» akademiyasida to'p tepib yurgan paytlar (video)
Putin va Tramp musulmonlarni Ramazon hayiti bilan qutlashdi
Erdo'g'an Hayit namozi vaqtida hushidan ketdi
Jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri Lionel Messi 30 yoshga qadam qo‘ydi
Qarilikdagi aqli zaiflik xavfini kamaytirishning 6 usuli
Smartfonlar sinovi: Mikroto'lqinli pechdan qaysi smartfon omon chiqdi?
«O'zbekkonsert» xonandalarning Youtube’dagi bachkana kliplarini oldirmoqda
Qozog‘iston mobil internet tezligi bo‘yicha AQShdan o‘zib ketdi
Jek Ma: 30 yildan so‘ng odamlar kuniga 4 soatdan ishlaydi
Ronaldu qaysi jamoaga o'tmoqchi ekanini ma`lum qildi
Uzoq yillik tanaffusdan so‘ng Obid Asomov televideniyeda efirga chiqadi
Nima uchun ishdagi jismoniy harakatlar sport mashg‘ulotlarining o‘rnini bosa olmaydi?
Og‘izdagi sarimsoq hidini qanday yo‘qotish mumkin?
Poliz zararkunandalaridan qanday saqlanish kerak? 3 ta sinalgan usul
Vazelinning siz bilmagan xususiyatlari
Iqlimshunoslar: insoniyat halokatli darajadagi issiq ob-havo bilan to'qnashadi
20 iyun O'zbekistonda havo harorati yuqori bo'ladi
Sardor Rahimxondan super xit premyera - "Onam"
Leonardo Di Kaprio "Oskar"dan voz kechdi
Kvartirani ta’mirlatishda aldanib qolmaslik uchun besh maslahat
«Real» Ronalduning narxini ma`lum qildi
Yuksak aql-idrokning kutilmagan 3 belgisi