У нас есть только
оригинальные песни

Eronning amaldagi prezidenti Ruhoniy ikkinchi muddatga saylandi

calendar 20.05.2017
879

Eronning amaldagi prezidenti Hasan Ruhoniy saylovlar yakunlariga ko'ra ikkinchi muddatga qayta saylandi, deb xabar bermoqda Reuters.

Mamlakat davlat televideniyesi uni g'alaba bilan tabrikladi. Biroq saylovchilar ovozi hamon hisob-kitob qilinayotgani aytilgan.

So'nggi ma`lumotlarga ko'ra, Ruhoniy 22,7 mln. ovozni olgan bo'lsa, uning eng yaqin raqobatchisi – Eron sobiq bosh prokurori Ibrohim Raisiy – 15,4 mln. ovoz to'pladi.

2013 yilda Ruhoniy 50,68 foiz ovoz to'plagan. O'shanda u saylovlarning birinchi turidayoq kerakli ovozni olib, g'alaba qozongandi.

Eron oliy diniy rahnamosi oyatulloh Ali Hameneiy Ruhoniyni birinchi prezidentlik muddatidagi alohida xatti-harakatlari uchun tanqid qilgan, biroq aynan Ruhoniy jahon davlatlari bilan yadro bitimiga erishdi.

Яндекс.Метрика