Ertalabki bosh og‘rig‘ining sabablari


Boshning ertalabdan og‘rishi butun kuningizning noxush o‘tishiga sabab bo‘ladi. Bosh og‘rig‘ining sabablari har xil bo‘lishi mumkin — bir kun oldin ichilgan spirtli ichimlikdan tortib jiddiy kasalliklargacha, — shuning uchun bu holatni e’tiborsiz qoldirmaslik lozim.

  1. Siz kam uxlaysiz

Organizm to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishi uchun 7—8 soat uyqu talab qilinadi. Agar kam uxlasangiz — organizm nimadir sodir bo‘ldi deb hisoblaydi va yopirilib ishlash tartibiga o‘tadi.

Uyquning me’yoriy holatiga qaytishi ertasi kuni ertalab sizni bosh og‘rig‘idan xalos qiladi.

  1. Siz haddan tashqari ko‘p uxlaysiz

“Tungi uyquning 9 soatdan oshishi serotonin miqdorining pasayishiga olib keladi, — deb tushuntiradi  doktor Napoli. — Serotoninning past miqdori miyaga qon oqishini pasaytiradi va bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaradi”.

  1. Sizga endorfinlar pand beradi

Organizm ertalab endorfinlar — baxt gormonlarini kam ishlab chiqaradi. Ba’zi odamlarda bu migren paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Endorfinlarning past miqdori boshqa neyromediatorlar, masalan serotonin miqdorini pasaytirishi mumkin. Uning kamayishi tomirlarning torayishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida miyaga yetarlicha qon yetib borishiga to‘sqinlik qiladi va bosh og‘rishiga sabab bo‘ladi.

  1. Siz xurrak otasiz

Agar siz qattiq xurrak otsangiz, bu uyqudagi apnoe holatidan darak beradi. Xurrak bo‘g‘ilish, nafas siqilishi va hatto tunda uxlab yotganingizda nafas olishning vaqtincha to‘xtashiga ham sabab bo‘lishi mumkin.

  1. Siz depressiya holatida ko‘p bo‘lasiz

Depressiya holatida bosh og‘rig‘i kunning har qanday vaqtida yuz berishi mumkin. Bu serotoninning past miqdori bilan bog‘langan.

  1. Sizda arterial qon bosimi baland

“Agar sizda qon bosimi — 140/90 mm simob ustuniga teng yoki undan ham balandroq bo‘lsa, — sizning qoningiz boshdagi bosimni oshirib yuboradi, — deb tushuntiradi doktor Xorsandi. — Yuqori qon bosimi — bosh og‘riqlarining tipik sababi hisoblanadi”.


Комментарии (0) | Добавить: 29.07.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Galkin Pugachyova bilan nikohdan o'tdi
Alisher Usmonov yana bir futbol klubini sotib olishi mumkin
1 kunda Vladimir Putin yo'liga 50 dan ortiq bomba joylashtirilgani rostmi?
Serena Uilyams biznesmenga turmushga chiqdi
Punktual odamlarga xos 3 ta odat
Alisher Sultonov Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Prezidentning navbatdagi tashrifi Ozarboyjonga bo'ladi
2018-yildan oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari 1-avgustdan 15-avgustgacha o‘tkaziladi
Dam olish kunlari omadsizlar yo‘l qo‘yadigan 8 ta xato
To‘shakni dog‘ va noxush hidlardan tozalaymiz
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan 10 kilometrlik marafon o‘tkazadi
Ronaldu uylanadi
Rossiya aviasozlari “so'nggi kun samolyoti”ni yaratishdi
Messi “Barselona” bilan bir umrlik shartnoma imzolaydimi?
Bosh prokuratura o‘z telestudiyasiga ega bo‘ladi
Saudiya Arabistoni hukumati qo‘lga olingan shahzodalarga pul evaziga ozodlikni taklif qilmoqda
Rossiyalik teleboshlovchi Andrey Malaxov ota bo‘ldi
Turkiyaning Van ko‘li ostidan qadimiy qal’a topildi
Siemens’da ommaviy ishdan bo'shatish yuz beradi
O'zbekiston xalqaro ayollar tadbirkorligi kunini nishonlaydi
MIB tomonidan musodara etilgan LADA avtosaloni auksionga qo'yildi
O'zbekistonda qaysi kasb egalarining maoshi yuqori?
OnePlus iPhone X’ga raqobatchi bo'lgan smartfonni taqdim etdi
“Malika” savdo markazida sotilayotgan Samsung smartfonlarining narxlari ma’lum qilindi
Neymarning tovon puli ma`lum qilindi
Ronaldu va Serxio Ramos orasidan ola mushuk o'tdi
General-mayor Abdusalom Azizov Ozarboyjonga tashrif buyurdi
Hindiston hukumati Ivanka Tramp tashrifi oldidan ko‘chalarni 200 dan ortiq tilanchidan tozaladi
9 oy ichida qancha chet ellikka O'zbekistonga kirish vizasi berildi?
Ronaldu «Real»ni tark etish uchun 4ta sababga ega
Yana gaz inqirozimi? Ukrainada gaz narxi 10 barobarga oshdi