У нас есть только
оригинальные песни

Ertalabki shoshma-shosharlikni yengishning 9 ta yo‘li

calendar 26.05.2017
1271

Oiladagilar ertalab biri ishga, biri maktabga va birlari esa bog‘chaga borish uchun tayyorlanishi, nonushta qilishi va eng asosiysi kechikmasligi kerak bo‘ladi. Bizning maslahatlarimiz sizga ertalabki shoshma-shosharlikning uddasidan chiqishga yordam beradi.

  1. Bir kun avvalgi kechqurun unumli bo‘lishi kerak

Ertalabga qoldirmasdan hammasini kechqurun tayyorlab qo‘yishga harakat qiling. Bu dazmollashga ham, sumkalarni yig‘ishga ham va iloji bo‘lsa, nonushta tayyorlashga ham tegishli.

  1. 15 daqiqalik uyqudan voz keching

Oilaning boshqa a’zolaridan ertaroq turing va bu vaqt davomida siz bemalol dush qabul qilsangiz yoki maza qilib qahva ichsangiz bo‘ladi.

  1. Tartib o‘rnating

Agar farzandingiz har kun ertalab odatdagi ishlarni bir xil tartibda bajarsa, demak u nimadan keyin nimani qilish kerakligini biladi. Unga ertalabki zarur ishlar ro‘yxatini tuzishga yordam bering va sizga hadeb eslataverishga to‘g‘ri kelmaydi.

  1. Vazifa belgilang

Farzandingiz zimmasiga  vazifalar yuklab qo‘ying. Uni nonushtadan keyin ovqatlanadigan stolni artishga yoki idishlarni yuvuvchi mashinaga joylashtirishga javobgar qilib tayinlang.

  1. Nonushtaga oldinroq tayyorlaning

Oldinroq dasturxon tuzang yoki kerakli ovqatlanish anjomlarini tayyorlab qo‘ying.

  1. Televizorni qo‘ymang

Ko‘pchilik uchun bu odatdan qutulish juda qiyin, lekin ekrandagi tasvirlar bolani tayyorlanishdan chalg‘itishi mumkin.

  1. Hammasi maxsus joylarda

Kerakli narsalarni shoshilinchda izlab qolishdan qutulish uchun dahlizdan maktab sumkasi, sport formasi uchun sumka va shunga o‘xshash narsalar uchun maxsus joy ajrating.

  1. Xotirjamlikni saqlang

Agar ertalab sizning kayfiyatingiz joyida bo‘lmasa, bola buni his qiladi. Lekin baribir sizni asabiylashishdan saqlashning uddasidan chiqa olmaydi. Shuning uchun xotirjam bo‘lishga harakat qiling. Masalan, ertalab bolalarni tezroq kiyinishga undashning o‘rniga tez kiyinish bo‘yicha musobaqa o‘rnating.

  1. O‘z vaqtida uxlashga yoting

Bu sizga ham va bolaga ham tegishli. Agar sizning ertalab uyg‘onishingiz qiyin bo‘lsa, ertaroq uxlashga yoting.

Яндекс.Метрика