Eski elektr hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish uchun iste’molchi haq to‘lamasligi belgilab qo‘yildi


Maishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar berdi.

2018-yil yanvar oyida yangi Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari qabul qilingan edi. Unda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan faqat zamonaviy hisobga olish priborlari, ya’ni elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (EHNAT) integratsiya qilingan priborlar qiyoslashdan o‘tkazilishi aytilgan. Bundanzamonaviy talablarga javob bermaydigan hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o‘tkazish uchun to‘lovni iste’molchi (mulkdor) mustaqil ravishda amalga oshirishi kelib chiqqan edi.

Qabul qilingan hujjat vaziyatni o‘zgartirdi. Endi har qanday hisobga olish priborini davriy va rejadan tashqari qiyoslashdan o‘tkazish hududiy elektr tarmoqlari korxonalari hisobidan amalga oshirilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Buning uchun iste’molchi to‘lovni amalga oshirishi aytilgan barcha normalar Nizomdan chiqarib tashlandi.

Faqat priborga iste’molchi aybi bilan shikast yetkazilgan taqdirda to‘lovni amalga oshirishga to‘g‘ri keladi.

Bundan tashqari, avval qabul qilingan qarorlarga muvofiq EHNATni joriy etish doirasida o‘rnatilgan hisobga olish priborlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish 10 yilni tashkil etishi aytib o‘tilgan. Boshqa priborlarni qiyoslashdan o‘tkazish, ilgarigidek, 4 yilni tashkil etadi.

Elektr tarmoqlarining vakolatli xodimi Majburiy ijro byurosi vakili ishtirokida hisobga olish priborini qiyoslashdan o‘tkazish uchun yechib oladi. Bunda hisoblagich va plombalarning butligi tekshiriladi va bu haqda 4 nusxada dalolatnoma tuziladi (bir nusxadan iste’molchiga, hududiy elektr tarmoqlariga, Majburiy ijro byurosiga va metrologiya xizmatiga takdim etiladi).

Hisoblagich qayta o‘rnatilganda esa 3 nusxada dalolatnoma tuziladi, qo‘shimcha ravishda iste’molchiga hisobga olish priborining qiyoslashdan o‘tganligi haqidagi sertifikatning asl nusxasi beriladi.

ПРОФИЛЬ
Логин:
Пароль:
Свяжитесь с нами: info@yoshlar.com
2010-2019 © Yoshlar.com - Молодежный портал!