У нас есть только
оригинальные песни

Eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirishda qanday hujjatlar talab qilinadi?

calendar 22.06.2018
1631

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaroriga muvofiq Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida viloyat ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Davlat xizmatlari markazi tashkil etildi, deb xabar beradiO‘zA.

Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, mazkur markazda fuqarolarga yengillik va qulayliklar yaratish maqsadida amaldagi haydovchilik guvohnomalarining yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirib berish xizmati faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Ma’lumot uchun, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirib berish uchun haydovchilardan

- fuqarolik pasporti;

- eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va ogohlantirish taloni;

-eng kam ish haqqining 70 foiz to‘lovi haqidagi kvitansiya talab qilinadi.

Яндекс.Метрика