У нас есть только
оригинальные песни

Estoniya prezidenti latviyalik amaldor ayol bilan nikohdan o'tdi

calendar 08.12.2015
1244

Estoniya prezidenti Toomas Xendrik Ilves Latviya Mudofaa vazirligi xodimasi Ieva Kuptse bilan nikohdan o'tdi, deb xabar bermoqda Delfi nashri.

“Noyabr oyi o'rtasida Toomas Xendrik Ilves va Ieva Kuptse nikohdan o'tdi. Bu ularning shaxsiy qarori bo'ldi va Toomas Xendrik Ilvesning Estoniya prezidenti sifatidagi lavozim majburiyatlari bilan bog'liq emas”, deb aytdi Ilves maslahatchisi Toomas Sildam.

Avvalroq Ilves o'zining rafiqasi Evelin bilan ajrashgandi. Evelin 9 yil davomida mamlakatning birinchi xonimi bo'lib kelgan.

Ta'kidlanishicha, bu nikoh Ieva Kuptsening birinchi turmush qurishidir, biroq uning Latviyaning Gretsiyadagi elchisi Ivars Pundursdan o'g'li bor.

Яндекс.Метрика