У нас есть только
оригинальные песни

Euronews O'zbekiston haqida navbatdagi ko'rsatuvni namoyish etdi

calendar 06.01.2016
1345

Euronews axborot agentligi “Yo'ldan yo'llanmalar” ko'rsatuvlar silsilasi orqali O'zbekistonning tarixiy-madaniy merosini yoritishda davom etmoqda. Mazkur dastur sayohatga hamda mahalliy madaniyatga qiziquvchilarga mo'ljallab tayyorlanmoqda. Haftalik qaydlar mashhur tarixiy obidalar va yodgorliklarga bag'ishlanadi.

4 yanvar kuni Euronews kanali orqali “O'zbekistondan salom xatlari” dasturining birinchi qismi namoyish etildi. U Samarqanddagi Go'ri Amir maqbarasiga bag'ishlandi.

“O'zbekturizm” MK matbuot xizmatining xabar qilishicha, reportaj translyatsiyasi 10 yanvarga qadar davom etadi. Yaqin orada yana 5 ta rolik translyatsiya qilinib, ularda Xiva, Shahrisabz, Rishton va Marg'ilon haqida so'z boradi.
Videolavhani quyida tomosha qilishingiz mumkin.

Яндекс.Метрика