У нас есть только
оригинальные песни

Euronews Samarqand, Buxoro va Termiz haqidagi reportajlarni efirga uzatadi

calendar 03.11.2015
1236

Euronews telekanalining butun jahon bo‘ylab tomoshabinlari 2015-yil oxiriga qadar har dushanba kuni O‘zbekistonga bag‘ishlangan oylik "Uzbekistan Life” reportajlari seriyasini tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi. "O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, reportajlar 13 tilda efirga uzatiladi.

Euronews reportyor va jurnalist Katarina Kaun tomonidan tayyorlangan, "Uzbekistan Life” reportajlarining uchta yangi qismini namoyish etadi. Samarqand va Buyuk Ipak yo‘li haqidagi birinchi reportaj 20-oktabr kuni efirga chiqdi.

Bundan tashqari, yil oxiriga qadar Buxoro va Termiz haqidagi epizodlar efirga uzatilishi kutilmoqda. Euronews orqali efirga uzatilayotgan barcha reportajlarni telekanal saytida topish mumkin. "Uzbekistan Life” reportajlari "O‘zbekturizm” bilan hamkorlikda tayyorlanmoqda.

Яндекс.Метрика