У нас есть только
оригинальные песни

Еvro-2016: Germaniya termasi bosh murabbiyi o'zining xatti-harakatlari uchun uzr so'radi

calendar 16.06.2016
1250

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lev Еvro-2016 guruh bosqichining Polshaga qarshi 2-turi uchrashuvi oldidan o'tkazilgan matbuot-anjumanida jamoatchilik oldida Ukrainaga qarshi uchrashuvdagi nomaqbul xatti-harakatlari uchun uzr so'radi. Eslatib o'tamiz, Levning uchrashuvdagi "qilig'i" internet ahlini junbushga keltirgan.

Lev o'yin vaqtida millionlab tomoshabinlar ko'z o'ngida befarosatlarcha nomaqbul joylarini qashlab, so'ngra o'sha qo'lini hidlab o'tirgan. 

"Matbuotda mening Ukrainaga qarshi uchrashuvdagi xatti-harakatim tufayli qanday shov-shuv ko'tarilganini bilaman va qilig'im uchun faqatgina kechirim so'rashim mumkin. Odamlar meni shunchalik sinchkovlik bilan kuzatishlarini hech ham o'ylamagandim. O'yinga butun vujudim bilan kirib ketganim sababli bunga ahamiyat bermapman. Kelgusida bunday xatolarga yo'l qo'ymaslikka harakat qilaman", deb aytgan Lev.

Яндекс.Метрика