У нас есть только
оригинальные песни

Еvro-2016: Modrichning goli Xorvatiyaga Turkiya ustidan g'alaba keltirdi

calendar 12.06.2016
938

Еvropa chempionati doirasida D guruhida 1-tur o'yinlari boshlandi. «Park de Prens» stadionida kechgan bahsda Xorvatiya Turkiyani kichik hisobda mag'lubiyatga uchratdi.

O'yindagi yagona gol birinchi bo'lim tugashi arafasidah Luka Modrich tomonidan urildi. U 22 metr masofadan turib, o'ziga yaqinlashayotgan to'pga bir harakatda zarba berdi va turklar darvozasining chap burchagini ishg'ol qildi - 1:0.
O'yinda shu hisob saqlanib qoldi.

D guruhidagi yana bir uchrashuv 13 iyun kuni Tuluzada, Ispanii va Chexiya o'rtasida bo'lib o'tadi.

Turkiya – Xorvatiya – 0:1
Gol:
 Modrich, 41 (0:1).
Ogohlantirishlar: Tosun, 31; Balta, 48; Shen, 90+1 – Strinich, 80.

Яндекс.Метрика