У нас есть только
оригинальные песни

Еvro-2016 o'yinlariga soyabonlar va lazer ukazkalar olib kelish taqiqlanadi

calendar 10.06.2016
989

Frantsiyada bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha Еvropa chempionati tashkilotchilari muxlislarga stadionlarga tualet qog'ozi, lazer ukazka va soyabonlar olib kelishni taqiqlashdi. Bu haqda 10 iyunda ma'lum qilindi.

Stadionga olib kirish taqiqlangan buyumlar ro'yxatiga shuningdek dronlar, shlemlar, har qanday idish (jumladan, qog'oz idish), pirotexnikaning barcha turi, megafonlar hamda shovqin chiqaruvchi elektr va mexanik qurilmalar kiritildi. Muxlislar o'yinlarga eni, balandligi va chuqurligi 25 santimetrdan oshmaydigan sumkalar olib kelishlariga ruxsat berildi. Shuningdek, bayroqlarning eni va balandligi mos ravishda 2 metrga 1,5 metrdan oshmasligi kerak.

Bundan tashqari, muxlislarga o'zlari bilan alangalanuvchi suyuqliklar, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar, sanchuvchi va kesuvchi buyumlar, istalgan turdagi qurol va professional videotasvir qurilmalarini olib kelish ham taqiqlandi.

Еvro-2016 uchrashuvlari 10 iyundan 10 iyulgacha Frantsiyaning 10 ta shahrida bo'lib o'tadi. Musobaqa finali 10 iyulda Frantsiyaning bosh futbol maydoni "Stad-de-Frans"da bo'lib o'tadi. Shu maydonda Frantsiyaga jahon chempionligini olib kelgan 1998 yilgi jahon chempionati finali bo'lib o'tgan.

Яндекс.Метрика