У нас есть только
оригинальные песни

Еvro-2016. Pley-off taqvimi. Ikki kun dam olamiz

calendar 23.06.2016
1730

Еvropa chempionatida guruh bosqich o'yinlariga yakun yasaldi. 1/8 finalga yo'l olgan barcha jamoalarning nomi aniq. Musobaqada ikki kun o'yinlar o'tkazilmaydi. Bu vaqt davomida futbolchilar dam olishlari va o'yinlarga tayyorlanishlari kerak. Yarim tungacha futbol ko'rayotgan bizning muxlislar ikki kun to'yib uxlab olishlari mumkin.

Demak 1/8 final o'yinlari taqvimi bilan tanishing. O'yin vaqtlari Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.

Shanba, 25 iyun
18:00. Shveytsariya – Polsha
21:00. Uels – Shimoliy Irlandiya
23:00. Xorvatiya – Portugaliya

Yakshanba, 26 iyun
18:00. Frantsiya – Irlandiya
21:00. Germaniya – Slovakiya
23:59. Vengriya – Belgiya

Dushanba, 27 iyun
21:00. Italiya – Ispaniya
23:59. Angliya – Islandiya

Яндекс.Метрика