У нас есть только
оригинальные песни

Еvro-2016: Portugaliya Avstriyani ham enga olmadi

calendar 19.06.2016
967

Frantsiyada davom etayotgan Еvropa chempionati guruh bosqichining ikkinchi turi ham yakunlandi. Parijda Portugaliya hamda Avstriya terma jamoalari munosabatlariga oydinlik kiritishdi. O'yin juda qiziqarli o'tdi, lekin unda hisob ochilmadi. Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu 80 daqiqada penaltidan aniq foydalana olmadi.

Guruhda 4 ochko to'plagan Vengriya etakchilik qilmoqda. Islandiya esa ikkinchi o'rinda bormoqda. Oxirgi turda Portugaliya Vengriya bilan, Avstriya esa Islandiya bilan o'ynaydi. Barcha masala oxirgi turda hal qilinadi.

Portugaliya – Avstriya 0:0
Amalga oshirilmagan penalti: Ronaldu (80)
Portugaliya: Ruy Patrisiu, Karvalyu, Pepe, Gerreyru, Vieyrinya, Moutinyu, Vilyam Karvalyu, Nani (Rafa Silva, 89), Kuarejma (Joau Mariu, 71), Andre Gomesh (Eder, 83), Ronaldu.
Avstriya: Almer, Xinteregger, Predl, Fuks, Alaba (Shopf, 65), Zabittser (Xinterzeer, 85), Baumgartlinger, Xarnik, Ilzanker (Vimmer, 87), Arnautovich, Klyayn.
Ogohlantirishlar: Kuarejma (31), Pepe (40), Xarnik (47), Fuks (60), Xinteregger (78), Shopf (86).

Яндекс.Метрика