У нас есть только
оригинальные песни

Еvro-2016 yangi qoidalarga ko'ra o'tkaziladi

calendar 10.06.2016
1330

Bugun, 10 iyunda Frantsiyada boshlanadigan futbol bo'yicha Еvropa chempionati Xalqaro futbol uyushmalari kengashi (IFAB) tomonidan qabul qilingan, futbol qoidalariga yangi o'zgarishlar qo'llanadigan birinchi musobaqa bo'ladi.  

O'zgarishlar 2016 yil 1 iyundan kuchga kirdi. Endi o'yin boshlanishiga hushtak chalingandan keyin to'pni nafaqat oldinga, balki istalgan yo'nalishda tepish mumkin. 

Jarohat olgan o'yinchi qoidabuzarlik uchun sariq yoki qizil kartochka bilan jazolangan futbolchi bilan to'qnashganda maydon tashqarisida emas, balki maydonning o'zida tezkor tibbiy yordam olishi mumkin.  

Еvro-2016’da "uch karra jazolash" qoidasining o'zgartirilgan variantini sinash bo'yicha 2 yillik sinov muddati kiritiladi. Avval bu qoidaga ko'ra, o'z jarima maydonchasida oxirgi umid qoidabuzarligiga yo'l qo'ygan o'yinchiga jazo tariqasida penalti, qizil kartochka va chetlatish ko'zda tutilgandi. Endilikda hakamlar bu qoidabuzarlik uchun qizil kartochka emas, balki sariq kartochka ko'rsatish bilan kifoyalanishadi. 

Shuningdek, ushbu musobaqada birinchi marta darvozalarga to'p kiritilishini aniqlash texnologiyasi qo'llanadi. Unga ko'ra, kompyuter tizimi va bosh hakamning qo'shimcha yordamchilari gol kirgan-kirmaganini aniqlash uchun birgalikda ishlaydilar.

Яндекс.Метрика