Еvrokomissiya
rahbari Jan-Klod Yunker ЕI ko'proq qochqinlarni qabul qilish kerak. U
qochqinlar soniga o'rnatilgan cheklovni 120 ming kishigacha
ko'paytirishni taklif qildi.
"Qat'iy choralar vaqti keldi. Bizning insonparvarligimiz birinchi o'rindadir.
Еvropadan adolat kutishmoqda. Hozir
qo'rqadigan palla emas. Еvropada deyarli hamma qochqin bo'lgan.
Insonlarni qutqarish bizning majburiyatimizdir. Еvropa – umid o'lkasi,
umidsizlik dunyosidagi bir orolchadir. Еvropa dunyodagi eng barqaror
joydir”, - ta'kidladi siyosatchi.
Shuningdek, Yunker Italiya, Gretsiya va Vengriyadagi 120 ming qochqinni boshqa hududlarga majburiy ko'chirishni taklif qildi.
"Ularning eriga yangi qochqinlar kelishi mumkin.
Ularni nazorat qilish uchun maxsus xizmat tashkil etiladi. Migratsiyani rasmiylashtirish, Еvropaga kirishning rasmiy yo'llarini yaratish lozim, bu bilan muhojirlarni tashish hisobidan pul ishlayotgan kontrabandachilarning noqonuniy daromadlariga chek qo'yamiz”, - dedi u.