У нас есть только
оригинальные песни

EX BU BALO NET YOG'E INTERNET DEGANIM!!!(fikr mulohaza).

calendar 30.07.2011
4566

21-asrni eng olam shumil ixtirosi bu albatta internet. Bugunga kunga kelib bizni hayotimizga shu qadar shiddat bilan kirib keldiki hattoki ko'pchiligimiz internetsiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz.
Internet aslida o'zi nima? Internet bu - sizu bizga yangiliklar malumotlar bazasini yetkazib berish vazifasini bajaruvchi satsial tarmoq. Afsuski bugungi kunda internet malumotlar markazi emas, ko'proq tanishuv dunyosiga o'xshaydi. Tog'ri tanishish,do'stlar ortirish yaxshi albatta. Lekin buni yana bir salbiy tarafi bor. Masalan meni internetda tanishgan bir singlim boridi. Hullas o'sha qiz balonetda yog'e internetda bir yigit bilan tanishib gaplashib yurgan, vaqt o'tgach qiz hato qiganini tushunib u yigit bilan yaxshilikcha hayrlashmoqchi bo'lgan. Yigit esa qizni qo'rqitib agar ketsang menda jo'natgan suratlaring bor mantaj qilib internetga chiqarib yuboraman degan. Qiz nima qilishini bilmay qolgan ota onasiga ham aytolmagan va natijada bekorga sharmanda bo'lgan bu esa albatda kegingi hayotiga tasirini ko'rsatadi. Duch kegan odam bilan tanishib ketishni oqibati bu. Ahir internetda ham yaxshi va odamlar o'tiradiyu. Bu bilan internetga kirmeng tanishmang demoqchi emasman. Faqat har bir narsada meyor, chegara va qonun bo'lishi kerak demoqchiman. Va internetda tanishayotganda ehtiyotkor bo'lishni maslahat bermoqchiman. Eng asosiysi internetga kirishdan ham maqsad bo'lish kerak. Masalan men internetga yozgan maqolalarimni joylagani, yangiliklardan habardor bo'lgani, va turli mavzudagi maqolalarni o'qib izox qoldirgani, forumda fikr almashib dunyo qarashimi kengaytirgani va sevimli musiqalarimni ko'chirib olgani kiraman. Internet o'zi bizga nima berdi? Shaxsan menga internet dunyo qarashim kengayishiga, fikrlarim tiniqlashishiga, va oz bo'lsada yozgan maqolalalarim o'quvchilarini topishiga katta yordam berdi. Agar internet imkoniyatlaridan tog'ri foydalana olsak internet katta manaviy oziqa. Agarda internetdan o'ziz uchun foydali narsalarni topa olsangiz ketgan vaqtizga achinmaysiz. Afsuski hozirda ko'pchiligimiz internetdan tog'ri foydalana olmayabmiz. Internetga faqat tanishish uchun kiryotgan yigit qizlarimiz ham ko'p. Shu bilan bir qatorda internetda yaxshi saytlar bilan bir qatorda behayo uyatsiz saytlar ham bor. Bunday narsalar esa internetdan ko'proq yoshlar foydalangani uchun yoshlar ongini zaxarlab ahloqi buzilishiga ko'pincha sabab bo'lmoqda. Ming afsuski internetda qiz bola bo'lib o'tirib ko'pchilikni aldab yurgan yigitlarimiz ham yo'q emas shaxsan men bunday holni guvohi bo'lganman. Yana bir achinarli holat aynan shu balonet tufayli ajralib ketayotgan oilalar ham bor. Bekorga aytishmagan ekan internet chiqdi balo chiqdi deb. Bugunga kelib internetni imkoniyatlari cheksiz. Tog'ri internet orqali yaxshi do'st topganlar ham bor. Yoki internetda haqiqiy sevgisini topib bola chaqali bo'lib bahtli yashayotganlar ham bor albatda. Shu bilan bir qatorda aldanib yoki aynan shu internet sabab yomon yo'lga kirib vaqtini bekor o'tkazayotkanlar ham bor. Bu odamni eng avvalo o'ziga bog'liq. Xo'sh internetda sevsa bo'ladimi? Internetda sevishganlarni muhabbati chinmi? O'zi internetda sevgi qanday bo'ladi? Bu vertual yani hayoliy sevgi shundayki siz suhbatdoshiz yozgan har bir so'zidan muhabbat yasab olib uni o'zizga idiallashtirib olish natijasida sevib qolasiz. Muammo esa ucharashgandan kegin paydo bo'ladi asta sekin uni ayblarini ko'ra boshlaysiz va bu sevgi emas hayol ekanini tushunasiz. Yoki agar uchrashganda suhbatdoshingiz siz tasavvur qilmanday bo'lsa bu hayol emas haqiqiy sevgi ekanini tushunasiz. Bazida vertual sevgi real sevgidan kuchli bo'lishi ham mumkun ekan. Hullas bu internetda yo'q narsani o'zi yo'q hatto sevgingizni ham topishingiz mumkun shuning uchun men ex bu balonet deymanda faqat tog'ri foydalanish kerak internetga vaqt ketkizish uchun emas balki foydali malumotlar olib manaviy oziqa olgani kirish kerak...
Bugungi kunda O'zbekistonda har 4 ta aholidan bittasi internetdan foydalanar ekan. Bu ko'rsatkich esa soat sayin oshmoqda. Xitoyda internet shuqadar rivojlanibdiki hatto bazi odamlar internet kasaliga uchrayabdi ekan. Internet kasaliga chalingan odamlar butun ruhiyati bilan balonetning hayoliy olamida kirib ketib real olamdan butunlay uzoqlashib qolar ekan. Internet kasaliga uchragan odamga esa faqat kuchli psiholog yordam bera oladi. Xitoyda internet kasali rivojlanayotgani bois 2000 mingga yaqin xitoy saytlari yopildi.

HULOSA SHUKI- Har bir narsa qanchalik foydali bo'lmasin baribir zarari bor shu jumladan internetni ham. Internetni cheksiz imkoniyatlaridan tog'ri va oqilona foydalanib vaqt ketkazmasdan dunyo qarashni oshiraylik. Har bir narsada meyor bo'lgani yaxshi. Biz internetga emas internet bizga hizmat qilsin chunki internetni odam yaratgan, internet odamni emas.
Sizchi hurmatli saytdoshlar internetga qay maqsadda kirasiz? Internetga ketgan vaqtizga achinasizmi? Internet sizga nima berdiyu nimalardan ayirdi? Fikr mulohazalarni izoxda kutib qolaman...


miranda_89
Яндекс.Метрика