У нас есть только
оригинальные песни

Eyfel minorasining rangi o‘zgartirilishi mumkin

calendar 14.03.2018
1178

Parijning eng mashhur osori atiqasi — Eyfel minorasi boshqa rangga bo‘yalishi mumkin. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Aytilishicha, minora rangi asl holatiga qaytariladi. Minora tarixda 19 marta turli ranglarga bo‘yalgan, lekin uning birinchi rangi qizil bo‘lgan. Hozirda amaldorlar Eyfelga qizil rangni qaytarish haqida o‘ylamoqda.

“Biz eski ranglarni qaytarib, unga yana eski qiyofasini bag‘ishlaymiz”, — deb yangilikka izoh berdi Fransiya madaniyat vazirligi xodimi.

Shu bilan birga, yakuniy qaror haligacha qabul qilinmagani aytilmoqda.

Яндекс.Метрика