У нас есть только
оригинальные песни

Facebook asoschisi jahon yetakchilarini internetni yoyishda ko'mak berishga chaqirdi

calendar 20.11.2016
841

Facebook ijtimoiy tarmog'i asoschisi Mark Tsukerberg jahon yetakchilarini internet-aloqani yoyishga ko'mak berishga chaqirdi. Tsukerberg bu haqda Peru poytaxti Limada bo'lib o'tayotgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitidagi nutqida aytib o'tdi. Tsukerberg sammitning barcha ishtirokchilarini internetga ko'proq odamlarga kirish uchun imkon beradigan infratuzilmani yaratish maqsadida Facebook kabi kompaniyalar bilan hamkorlik qilishga chaqirdi, deb xabar bermoqda The Associated Press axborot agentligi. Tsukerberg bunday infratuzilmalarni yaratish uchun sarflanadigan pullar internet "ilmiy taraqqiyot va iqtisodiy o'sishga ko'mak berishi" tufayli o'zini oqlashini ta`kidlab o'tdi. "Agar biz internetga ulanmagan 4 mlrd odamni internet-aloqa bilan bog'lay olsak, unda nochorlikda yashovchi yuz millionlab odamlarga yordam bera olgan bo'lardik", deb ishonmoqda ijtimoiy tarmoq asoschisi.

Яндекс.Метрика