У нас есть только
оригинальные песни

Facebook asoschisi tarmoqning foydalanuvchilariga nisbatan siyosatini o'zgartiradi

calendar 12.01.2018
858

Dunyodagi eng mashhur ijtimoiy tarmoqlardan biri - Facebook asoschisi Mark Tsukerberg kishilarni ijtimoiy tarmoqdan kamroq foydalanishga undashi haqidagi rejalarini oshkor etdi.

Facebook'dagi uning shaxsiy profilida qoldirilgan xabarga ko'ra, Mark 2018 yilda bajarishi lozim bo'lgan maqsadlari orasida aynan kishilarni Facebook'dan kamroq foydalanishiga erishishni kiritgan.

“Biz tarmoqda kishilar o'zaro yaqin bo'lishi, muloqot qilishi uchun, yaqinlarimizni yanada jipslashtirish uchun yaratgandik. Shuning uchun tajriba sinovlarida oila a`zolarim va yaqin do'stlarimni ishtirok etishiga erishganman. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, munosabatlarimizni rivojlantirganimiz sari baxt va xursandchilik hisi ortib boraverdi.

Ammo, so'nggi kunlarda jamoatchilikning turli noroziligiga guvoh bo'lyapman: ishbilarmonlarning xabari, brend va media muloqot uchun ko'zlangan qimmatli vaqtni tortib olmoqda.

Muammoning asl ildizini topish qiyin bo'lmadi - bir necha yillar ilgari ishga tushrilgan video lavhalarni ko'rish platformasi. Shuningdek, so'nggi o'tkazilgan tadqiqot natijasiga ko'ra, ijtimoiy tarmoqda maqola va matnlarni o'qish (o'rganish) ham kutilganidek foydali emas. Shu tufayli tez orada Facebook'da o'zgarish yasashga harakat qilamiz”, deydi Mark.

Ijtimoiy tarmoq asoschisining aytishicha, endilikda har bitta foydalanuvchiga xabarlar lentasida yaqinlarining posti ustuvor etib ko'rsatiladi. Shuningdek, ishbilarmonlik xabarlari, video lavhalar hamda media yangiliklari foydalanuvchining talabiga ko'ra odatiy ko'rinishda taqdim etiladi.

Яндекс.Метрика