У нас есть только
оригинальные песни

Facebook: ijtimoiy tarmoqdagi ommabop xabarlarning siyosiy tusini boshqarib bo‘lmaydi

calendar 10.05.2016
900

Facebook kompaniyasidagilar ijtimoiy tarmoqning siyosiy noxolisligi haqidagi maqolalar atrofida paydo bo‘lgan shov-shuvni izohladi, deb yozadi TJournal.

10-may kuni qidiruv bo‘yicha Facebook vitse-prezidenti Tom Stoki o‘z sahifasida uning jamoasi Trending Topics’da liberal partiya tomonga yon bosish haqiqatda kuzatilgani bo‘yicha hech qanday dalil topmaganini ma’lum qildi. Stokining so‘zlariga ko‘ra, buni qo‘lda boshqarish “texnik jihatdan amalga oshirib bo‘lmaydigan narsa”.

“Facebook o‘z moderatorlariga har qanday mafkuradagi manbalarni muntazam cheklab qo‘yishga ruxsat ham bermaydi, buni tavsiya ham qilmaydi, va biz asboblarni shunday ishlab chiqqanmizki, bu texnik jihatdan mumkin emas. Shu bilan birga, moderatorlarimizning xatti-harakatlari yozib olinadi va qoidalarga rioya qilmaslik ishdan haydalish bilan tugaydi”, — dedi u.

Avvalroq Gizmodo Facebook’ning yangiliklarni nazorat qilgan sobiq xodimlariga tayanib, ijtimoiy tarmoq ma’muriyati konservativ mushtariylar uchun qiziqish uyg‘otishi mumkin bo‘lgan xabarlar tarqalishini doimiy ravishda cheklab turishini ma’lum qilgan edi. Liberal lagerga taalluqli yangiliklar esa, ular hatto yetarli darajada ommabop bo‘lmasa-da, sun’iy ravishda olg‘a surilgan.

Яндекс.Метрика