Facebook ishida nosozlik kuzatildi

Facebook foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoq ishida nosozlik yuz berganini ma'lum qilishdi. Foydalanuvchilarning bir qismida dasturning desktop versiyasida xabarlarni o'qib bo'lmagan.

DownDetector sayti ma'lumotlariga ko'ra, nosozlik Toshkent  vaqti bilan 16 iyun soat 23.00da qayd qilingan. Ko'pchilik foydalanuvchilar (41 foiz) butun sayt bilan ishlashda qiyinchiliklarga duch kelganlar. Yana shuncha odam ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlariga kira olmayotganlaridan shikoyat qilganlar. 

Foydalanuvchilar shikoyatlari qayd etilgan xaritaga ko'ra, muammolar AQSh va Еvropa davlatlarida, shu jumladan Rossiyada vujudga kelgan. Ba'zi foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqning Messenger dasturi to'xtashlar bilan ishlayotganini ta'kidlashgan.


Комментарии (0) | Добавить: 17.06.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]