У нас есть только
оригинальные песни

Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi

calendar 09.09.2018
1701

Bugungi kunda internet insonlar hayotidan shu darajada chuqur o'rin oldiki, odamlar internet bilan uxlab, internet bilan uyg'onishyapti. Tasavvur qiling, yaqinlaringiz bilan har kuni Facebook orqali hol-ahvol so'rashasiz, fikr almashasiz. Va kutilmaganda u ochilmay qoldi. Sayt o'rniga ekranda oppoq sahifa nur sochib turibdi. help-wifi nashri ana shunday paytda xususiy virtual tarmoq – VPNdan foydalanish kerakligini bildirmoqda.

VPN qanday ishlaydi

Kompyuter o'zining aniq IP-manziliga ega bo'lib, u orqali ma`lum bir saytlar bloklanadi. VPN texnologiyasi dastur yoki kengaytma orqali ishlaydi. VPN kompyuter manzilini boshqa mamlakat serveridagi manzilga o'zgartirib qo'yadi.
So'ngra provayder bloklay olmaydigan himoyalangan ulanish tarmog'i yaratiladi. Natijada internetdagi kirish imkoni bo'lmagan saytga kirish mumkin bo'ladi.
Barcha texnologiya ikkita qatlamda ishlaydi. Qatlamlarning birinchisi ichki, ikkinchisi tashqi tarmoqdan iborat bo'ladi. Mazkur texnologiya orqali ulanganda, tizim tarmoqni identifikatsiya qiladi, so'ngra avtorizatsiya uchun so'rov yuboradi. Bu texnologiya biror ijtimoiy tarmoqda avtorizatsiyadan o'tishga o'xshab ketadi, faqat bu himoyalangan protokol orqali va provayder ishtirokisiz amalga oshiriladi.

Virtual tarmoqlarning o'zi ham bir nechta toifaga bo'linadi. Eng asosiy toifalash himoyalanish darajasi bo'yicha, ya`ni pullik va bepul VPN’dan foydalanish qay darajada xavfsiz ekanligi bo'yicha aniqlanadi.

Ular o'rtasidagi farq himoyalangan ulanishda. Masalan, pullik tizimlar PPTP, IPSec kabi himoyalangan protokollar taqdim etadi. Bepul VPN esa ko'pincha faqatgina «ishonchli» kanallarni beradi. Ya`ni buning uchun tarmoq kuchli himoyalangan bo'lishi kerak, VPN esa himoya darajasini kuchaytirib beradi.

VPN texnologiyasi foydalanuvchilarga quyida imkoniyatlarni taqdim etadi:  
- ma`lumotlar himoyasi. Bu ayniqsa, bepul Wi-Fi orqali internetga ulanib, keyin bank kartasi haqidagi ma`lumotlar o'g'irlanganidan boshini changallab qoladiganlar uchun foydali.
- to'liq maxfiylik. Foydalanuvchi biror saytga kirganida, uning harakati provayder serverida aks etadi va provayder uning internetdagi sayohati haqida batafsil ma`lumotga ega bo'ladi. VPN orqali kirilganida esa boshqa IP-manzil ko'rsatilgani uchun foydalanuvchining qanday saytlarga kirganini aniqlab bo'lmaydi.
- xorijiy resurslardan foydalanish imkoniyati.

Oddiy brauzerda VPN orqali saytlarga kirishning ikki yo'li bor: 
- kompyuterga VPN-kliyent (dastur) o'rnatish;
- brauzerga kengaytma o'rnatish.

Kompyuterga VPN-kliyent o'rnatish uchun internet orqali dastur, masalan «Betternet» ko'chirib olinadi. So'ngra o'rnatish fayli orqali dastur kompyuterga o'rnatiladi. O'rnatilgan dastur ishga tushirilib, «Connect» yozuvi bosiladi va bo'ldi, hammasi tayyor. Faqat muammoli joyi shundaki, dastur avtomatik ravishda tasodifiy IP-manzilni taqdim etadi va mamlakatni tanlashning imkoni bo'lmaydi, ammo birgina tugmachani bosish orqali VPN’dan foydalanish mumkin bo'ladi. Yana bir minus tarafi – dasturni muntazam ravishda ishga tushirish zaruriyati, ammo kompyuter yoqilishi bilan ishga tushishi mumkin bo'lgan dasturlar ham mavjud.

Ikkinchi usul – brauzerga kengaytma o'rnatish. Buning minus tarafi foydalanish uchun ro'yxatdan o'tish va yana bir salbiy jihat – kengaytmaning ko'pincha o'chib qolishi. Ammo kengaytmadan foydalanish juda oson – brauzerdagi ikonka bosiladi, kerakli mamlakat va profit tanlanadi. 

Яндекс.Метрика