У нас есть только
оригинальные песни

Facebook juda maqtanchoqlik qilib yuborgan xodimini ishdan bo'shatdi

calendar 03.05.2018
836

Facebook foydalanuvchilar shaxsiy ma`lumotiga kira olishi bilan maqtangan o'z xodimini ishdan bo'shatdi. Bu haqda The Wall Street Journal vaziyatdan xabardor manbaga asosan ma`lum qilgan.

Spyglass Security kompaniyasi asoschisi va ma`lumotlar xavfsizligi sohasidagi maslahatchi Jyeki Stouks Tinder ilovasidagi yozishma skrinshotini e`lon qildi, unga buni boshqa bir qiz yuborgan.

Ushbu yozishmada o'zini Facebook xodimi sifatida tanishtirgan erkak ishi bilan maqtana boshlagan. Xususan, u «hakerlarni qidirib topishi va ularning shaxsini aniqlashi»ni aytgan.

Shuningdek, ayolning aytishicha, erkak o'zini «professional stalker» deb atagan hamda u haqidagi shaxsiy ma`lumotlarni taqdim etgan.

O'z navbatida, Facebook ushbu hodisani tezkor tartibda surishtiruvdan o'tkazayotganini xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq WhatsApp hamasoschisi Facebook bilan ziddiyat tufayli kompaniyani tark etgandi.

Яндекс.Метрика