Facebook’ka evropaliklarni kuzatishni bas qilishi uchun 48 soat vaqt berildi

Bryussel Fuqarolik sudi 9 noyabr kuni o'z qarori bilan Facebook ijtimoiy tarmog'iga 48 soat ichida foydalanuvchilarini kuzatish va ular ma'lumotlarini qayta ishlash amaliyotini to'xtatish majburiyatini yukladi.

Le Soir gazetasining elektron namunasi xabariga ko'ra, mazkur sud qarori bajarilmagan taqdirda, Facebook kechiktirilgan har bir kun uchun shaxsiy hayot daxlsizligini himoya qilish bo'yicha Belgiya komissiyasiga 250 ming evro miqdorida jarima to'laydi.
2015 yilning iyun oyida Facebook tarmog'iga nisbatan mazkur ayblov ilgari surilgan edi. Komissiya tomonidan olib borilgan maxsus tekshiruvlarda dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqning foydalanuvchilar uchun yangi shartlarida shaxsiy hayot daxlsizligini himoyalash sohasida Belgiya va Еvropa qonunlariga zid bir qator bandlar mavjudligi aniqlangan.

Komissiya vakili Villem Debekelar avvalroq Facebook “sal o'zgacha” foydalanuvchilarni kuzatib, ular ma'lumotlarini qayta ishlashini aytib o'tgan edi. 
Ayrim ekspertlarning aytishicha, Facebook sozlamalarda treking optsiyasi(menyu elementi)ni o'chirib qo'ygan yoki umuman shaxsiy profili bo'lmaganlarni ham kuzatadi. Ya'ni, ijtimoiy plagin (dasturning funktsional imkoniyatlarini oshirish uchun ishlatiladigan, dinamik tarzda ulanuvchi modul), umumiy qilib aytganda, boshqa internet saytlaridagi Like tugmachasidan foydalanganlar ham kuzatuv ostiga olinishi mumkin. Internetdagi faollik monitoringi kuki (cookies – foydalanuvchi brauzerini, veb-serverga tashrif buyurganda veb-server qo'yib chiqadigan belgidan iborat ma'lumotlar. Foydalanuvchi keyin tashrif buyurganda, server bu erda uning avval ham bo'lganini biladi) orqali ham amalga oshiriladi. Ya'ni, Feysbuk kuki orqali tashrif buyuruvchini “tanib” oladi.

ЕI qonunchiligiga ko'ra, har qanday sayt foydalanuvchidan uning kompyuteriga cookies joylashtirish uchun ruxsat olishi shart.


Комментарии (0) | Добавить: 10.11.2015
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Organizmni tozalashga yordam beruvchi mahsulotlar nomi ma`lum qilindi
Ofis xodimlari uchun oddiy mashqlar to‘plami
Ertalabki shoshma-shosharlikni yengishning 9 ta yo‘li
Ramazon oyida to'g'ri taomlanish uchun foydali maslahatlar
TOP-7: Eng qimmatbaho mobil telefonlar
Samsung allaqachon «Star» nomli Galaxy S9 ustida ish boshlagan
Joriy yil uchun zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi
Tvorog insult va infarktning oldini olishda foydali
Internet orqali mahsulot xarid qilishda ehtiyot bo'ling
Markaziy bank boshqaruvi kimga o'tdi?
Usmonov Navalniyga qarshi: Shovqin kuchaymoqda
Ronalduga ancha ko'proq muddatga qamoq jazosi tahdid solmoqda
Sizga yoqmagan odamlar bilan qanday ishlash kerak?
Rossiyaning 200 va 2000 rubllik yangi banknotalari chiqariladigan sana ma`lum qilindi
Forbes: Rossiyaning eng badavlat merosxo'rlari reytingi
Jizzaxda “Barkamol avlod-2017” sport musobaqalariga start berildi
Uyqusizlikdan qutulishning 5 usuli
Uyda muzdekkina yaxna choy tayyorlaymiz
Mail.ru Group yangi messenjerni ishga tushirdi
Farrux Zokirov: Botir akam — ijodiy vijdonim
Tailand poytaxti kuchli jala tufayli suv ostida qoldi
Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumaniga tashrif buyuradi
Xorazmda “Paynet” shoxobchasini “tozalab” ketgan yigitlar ushlandi
Chilonzorda Magnit supermarketi ochildi
So'ngi qo'ng'iroq! Salom yangi hayot! Bitiruvchi-2017
«Axborot», «Davr» va «Poytaxt» informatsion dasturlari yopiladi
Toshkent moliya institutiga yangi rektor tayinlandi
Yakka tadbirkorlar plastik kartalardan Click tizimi orqali to'lovlarni amalga oshirishi mumkin
Qog'oz shaklidagi mehnat daftarchalari berilishi to'xtatiladi
Messi ortidan Ronalduga ham qamoq jazosi tahdid solmoqda