У нас есть только
оригинальные песни

Facebook mashhurlarga to'g'ridan-to'g'ri videotranslyatsiyalar o'tkazish imkonini berdi

calendar 07.08.2015
1330

Facebook ijtimoiy tarmog'ida Mentions ilovasi yangilandi. U mashhurlar hamda ularning menejerlariga auditoriya bilan muloqot qilish imkoniyatini beradi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqning Rossiya press-ofisi ma'lumot berdi. Endi aktyorlar, siyosatchilar va xonandalar to'g'ridan-to'g'ri videotranslyatsiyalar o'tkazish imkoniga ega bo'ldi. Ularning obunachilari esa translyatsiyani tarmoq orqali kuzatishi va o'z sharhlarini qoldirishi mumkin bo'ladi. Kompaniya mutasaddilari ilova mashhurlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislar bilan muloqot qilishga chaqiradigan navbatga vositaga aylanishi kutmoqda. Ayni paytda Dueyn "Qoya” Jonson, Serena Uilyams, Marta Styuart, Jeymi Olivera va Riki Martinning sahifalarida videotranslyatsiyalar joylashtirildi. Mentions ilovasi 2014 yil iyulida chiqarildi. U mashhur shaxslarga o'z sahifasini kuzatib borish va o'zlari tilga olinadigan sahifalarni topish imkonini berardi. Yangilangan versiya App Store’da joylashtirilgan bo'lib, uni 40 mamlakatdan ko'chirib olish mumkin.
Яндекс.Метрика